Болаларни ривожлантириш харитаси кўрсаткичларини ўзлаштирилишини назорат қилиш кундалик дафтари


Download 0.7 Mb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029751
1   2   3   4
Bog'liq
Ривожланиш харитаси картотекаси

Tarbiyachi: ________________ __________________________________


Yunusobod tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi ______ - davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ________ guruhi bolalarining rivojlanish xaritasi ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirish samaradorligi yuzasidan oraliq kuzatuv
HISOBOTI ( namuna uchun)
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi:
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi sohasi bo‘yicha guruhda bolalrning rivojlanishi ta'limiy faoliyatlar va kundalik ta'lim tarbiya jarayonida, sayrlar ,bolalar o‘yinlari davomida kuzatib borildi. 25 nafar boladan 9 nafar bolada 11 ta ko‘rsatkich to‘liq o‘zlashtirilmaganligi sababli alohida ish olib borildi. Yakka ishlash mobaynida 9 nafar bola tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlardan 10 ta to‘liq o‘zlashtirildi. Ahmedov Botirjon jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi sohasining mayda motorika kichik soha ko‘rsatkichi bo‘lgan mayda predmetlarni muayyan tartibda taxlashga qinalayotganligi sababli kundalik ta'limiy faoliyatlar davomida yakka ishlash davom ettirilmoqda.
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish :
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish sohasi bo‘yicha 8 nafar bola 12 ta ko‘rsatkichni o‘zlashtirish jarayonida qiynalishdi va yakka tartibda ishlash jarayonida 7 nafar bola tomonidan 10 ta ko‘rsatkich talab darajasida o‘zlashtirildi. Mirzaev Dilshod kasalligi sababli davolanganligi uchun ota-onasining arizasiga asosan oy davomida tashkilotga qatnamadi. Shu sababli Mirzaev Dilshod tomonidan o‘zlashtirilmagan ko‘rsatkichlar keyingi ta'limiy faoliyat jarayoni davomida shug‘ullanish uchun qoldirildi.
Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalar :
Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalar sohasining qo‘l panjasining mayda motorikasining rivojlanish kichik soha ko‘rsatkichini bajarishda o‘zlashtirimaganligi kuzatildi. 2 nafar bola Suratda ko‘rayotgan narsalar haqida gapirishga, 5 nafar bola varaq yuzasiga to‘g‘ri chiziqlar chizishga, 9 nafar bola harflarga qiziqish bildirish, ba'zi harflarning yozilishini bilish va farqlashda ko‘rsatkichlarni o‘zlashtira olmadi. Belgilangan ko‘rsatkichlar yuzasidan yakka tartibda ishlash mobaynida 14 nafar bola tomonidan ko‘rsatkichlar to‘liq o‘zlashtirildi. Valiev Akbarjon va Xamidov Bahromjon bilan harflarga qiziqish bildirish, ba'zi harflarning yozilishini bilish va farqlashda ko‘rsatkichlarni o‘zlashtirishi uchun yakka tartibda ishlash davom etmoqda.
Bilish jarayoni:
Bilish jarayoni sohasi bo‘yicha intellektual-bilish ko‘nikmalari kichik sohasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlari: predmetlarni bir belgi bo‘yicha saralashda 1 nafar bola o‘zlashtira olmadi. Anglash-tadqiq qilish va samarali (amaliy) faoliyatni rivojlantirish kichik sohasining Eksperimentlarda kattalar bilan birgalikda ishtirok etadi (qorish, bo‘yash, cho‘kadi – cho‘kmaydi va h.k.) ko‘rsatkichini o‘zlashtishda 2 nafar bola hamda «Syujet bo‘yicha» qurilmalar yaratishda 6 nafar bola o‘zlashtira olmadi. Bolalar bilan aloxida ishlash jarayonida 8 nafar bola tomonidan o‘zlashtirmagan ko‘rsatkichlar to‘liq o‘zlashtirilganligi kuzatildi. Davronov Muxammadjon bilan «Syujet bo‘yicha» qurilmalar yaratishda alohida ishlash rejaga kiritildi.

Ijodiy rivojlanish:
Ijodiy rivojlanish sohasining dunyoni badiiy his etish kichik sohasi bo‘yicha Ahmedov Botirjon Rasm-suratlar, xalq amaliy san'ati asarlari, o‘yinchoqlar, ob'ektlarni idrok qilishda hissiy (emosional) kuyinchaklik ko‘rsatish , Bekmirzaev Boburjon tomonidan tovushlar, ohanglarni diqqat bilan eshitish ko‘rsatkichi o‘zlashtirilmadi. Badiiy-ijodiy qobiliyatlar kichik sohasining ko‘rsatkichlarini bajarishda alohida predmetlar, oddiy kompozisiyalarni chizishda 2 nafar talab darajasida bajara olmadi. Kundalik ta'lim-tarbiyaviy faoliyat davomida va kunning ikkinchi yarmida ishlash uchun rejaga kiritildi va 2 nafar bola tomonidan belgilangan ko‘rsatkich talab darajasida o‘zlashtirildi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling