Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI Talabalar soni
- Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish bo’yicha ma’lumotlar berish. Ma’ruza mazmuni
Pedagogik vazifalar: Bolalar bog'chasida tabiat burchagi,turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish,tabiat burchagida o'simlik va hayvonlarni saqlash,terrariumda yashovchilarni boqish xaqida tushuncha beradi. O’qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar. Oq’itish usuli va shakli: ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar, topshiriqlar, BBB jadvali O’qitish sharoiti: texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya Monitoring va baholash: Og’zaki nazorat, savol javob, reyting tizimi asosida baholash BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI Talabalar soni: 59 ta O’quv vaqti: 2 soat Mashg’ulot shakli: Avvaldan rejalashtirilgan xatolik ma’ruza Mashg’ulot rejasi: 1.Kuz fasliga tavsifnoma 2. Qish fasliga tavsifnoma Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish bo’yicha ma’lumotlar berish. Ma’ruza mazmuni: 1.Kuz fasliga tavsifnoma 1.1.Ob-havodagi o'zgarishlar. Kuzda harorat astasekin pasayib boradi, buning natijasida o'simlik va hayvonot dunyosi hayotida o'zgarish hamda susayish ro'y beradi (o'simlik barglari sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo). Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O'zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi. Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo'ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba'zi hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi. Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi. Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko'rish mumkin: g'urraklarg'urullay boshlaydi, to'rg'aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba'zi bir hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo'lib, kunduz kunlari esa +16+20 darajagacha ko'tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, o'simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo'jalik o'simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o'lkamizda taxminan 12— 18oktabrlarda boshlanadi. Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo'lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo'ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi. Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba'zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo'lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz boisa, yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko'proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to'lqinlari o'zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va birikki kun davom etadi. Agar havo to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi. Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi. Noyabr qishga o'tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o'lkamizda obhavo qulay bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling