Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/78
Sana14.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1702243
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Bog'liq
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi

1.5.Qishloq xo'jalik ishlari.


Sentabr oyida O'zbekistonning barcha hududlarida, shu jumladan, Toshkent viloyatida ham 
asosiy xo'jalik ishlaridan biri — paxta yig'imterimi boshlanadi. Har bir chanog'da 3—5 palladia 
bo'lib, har bir pallachada esa paxta tolalari bilan o'rab olingan 8—9 tadan chigit bo'ladi. Paxta 
tolasi paxtaning eng qimmatbaho qismi hisoblanadi. Paxta tolasidan gazmollar va boshqa 
ko'pgina texnik mahsulotlar, chigitidan esa moy, kunjara va boshqa narsalar tayyorlanadi. 
Sentabr oyida mevali bog'larda olma, behi teriladi, uzum uziladi. Bu ishlarda bolalar ham 
qo'llaridan kelgancha ishtirok etishlari mumkin. 
Tarbiyachilar bu paytda bahorda bog'cha hovlisiga o'tkazilgan uy o'ismliklarini tabiat 
burchaklariga ko'chirib o'tqazadilar. 
Gulzorlarda qo'qongul, xushbo'y no'xat, ajdarog'iz (gullari kattakatta bog' o'simligi), 
nastursiya, petuniy, sambittol, floks va tirnoqgul kabi o'simliklar urug'ini terishni davom 
ettiradilar, bunda bolalar ham qatnashadi. 
Oktabr oyida dalalarda ommaviy ravishda paxta yig'imterimi davom etadi. Paxta 
chanoqiari tungi sovuq va kunduzgi issiqning keskin ta'siri natijasida ochila boshlaydi. 
Dalalar va polizlarda karam, pomidor, lavlagi, baqlajon, kartoshka singari sabzavotlar 
yig'ibterib olinadi. Bu kabi manzarani qishloq joylarda teztez uchratib turish mumkin. 
Bog'larda mevali daraxtlarni qish sharoitiga tayyorlaydilar. Yerga o'simliklar o'sishdan 
to'xtagan vaqtda o'g'it solinadi. 
So'ngra daraxt atroflari chopib qo'yiladi, qator oralari haydaladi. Daraxtning ildiziga 
yaqinroq yerlari yuzaroq haydaladi, chunki daraxt ildizlari yerning ustki qatlamiga yaqinroq turadi. 
Daraxt ildizlaridan uzoqlashgan yer chuqurroq haydalishi kerak. Bunda daraxt turlarining o'ziga xos 
xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, nok va olma daraxtlarining ildizlari olcha va 
olxo'rilarga nisbatan katta chuqurlikda joylashgan, shuning uchun ham shu daraxtlar atrofidagi 
yerlarni chuqurroq haydash talab qilinadi. 
Yerni kuzgi shudgorlash vaqtida tuproqni haddan tashqari maydalab yubormay, balki uni 
yirik qilib ag'darish va shu holicha qishga qoldirish kerak, bunday qilinganda tuproq strukturasi 
yaxshilanib uni saqlab qolishga imkoniyat tug'iladi. Bundan tashqari yerni yirikyirik qilib 
ag'darish foydali, chunki u namni va qorni yaxshi saqlaydi. Bu esa o'simlikning yaxshi rivojlanishi 
uchun juda muhimdir. Odatda qish faslida tuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar 
yashirinib qoladilar. Yerni haydash va namlash natijasida ular o'ladilar, demak ular kelgusi yil 
hosili uchun zarar keltira olmaydilar. 
Barglarning to'kilishi bilan barcha zararli hasharotlar ham yerga tushadilar va to'kilgan barglar 
orasiga joylashib oladilar. Shuning uchun barcha axlatlarni to'plash va yoqish yoki ko'mib tashlash 
kerak. Bu yerda ularning hammasi chirib o'g'itga aylanadi. Zararli hasharotjar, ularning bolalari, 
lichinka va tuxumlari daraxt po'stloqlarining yoriqlari orasida ham bo'ladi. Ularni eski, chirigan 
ildizlari bilan birga yo'qotish, yoriqlarini esa suvash kerak. Daraxt tanalarini yangi go'ng yoki loy 
qo'shilgan ohak bilan oqlash kerak (daraxt ildizlari kuyib ketib, zarar yetkazmasligi uchun) yoki dust 
DDT (geksaxloral) ning bo'r bilan aralashmasini daraxtlarga surish kerak. Ana shu vaqtda daraxt 
po'stlog'idan shiralar olib tashlanadi. 
Oktabr oyida daraxt va novdalarni butash boshlanadi. Bu ish shoxlarning uzunasiga qarab 
o'sishini to'xtatadi va yosh novdalarning rivojlanishiga yordam beradi. Bunday holda o'simlik 
qishni osonlik bilan o'tkazadi. Daraxt tanasidagi o'sishga qarshilik qilgan ortiqcha, eski, chirigan 
shoxlari ham qirqib tashlanadi. Shu yo'l bilan daraxtlarning kelgusi yil rivojlanishi uchun yaxshi 
sharoit yaratib berishga harakat qilinadi. 
Oktabr oyining oxirida daraxtlar va butalarni (1 va 2ilova) bir joydan ikkinchi joyga 
ko'chirish, toklarni qish mavsumiga tayyorlash boshlanadi. Bunda toklar kesilib ko'miladi. 
Toshkent viloyati sharoitida ba'zi paytlarda toklarni ko'mmasdan ham qishlatish mumkin, ayrim 
hollar, ya'ni to'satdan sovuq tushishidan saqlash uchun toklarni ko'mish maqsadga muvofiqdir. 
Shu maqsadda gullar, anorlar va boshqa o'simliklar ham xashak va somon bilan o'raladi yoki qish 
davri uchun yerga ko'miladi. 
Xmel, pechak, chirmashuvchi gullar singari o'simliklar yig'ib olinadi yoki o'rab qo'yiladi. 
Gulzorlardan kanna ildizlari, gladiolus ildizi, kartoshkagul va boshqa shu kabi sovuqqa chidamli 


ko'p yillik o'simliklar tuganaklarini kavlab olinadi. Kartoshkagul tuganaklari oftobda bir oz 
quritilib, so'ng salqin joyda saqlanadi. Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va doka 
xaltachaga solib quruq, salqin yerga osib qo'yiladi. 
Oktabrning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo'tako'z), dastargul urug'lari sepiladi, bular erta 
bahorda gulzorlarni bezaydi. 
Bolalar dala va bog'larda kattalar qilayotgan ishlarni kuzatib boradilar va urug' sepish, 
qirqilgan shoxchalarni yig'ish, yerni ko'p yillik o'tildizlaridan tozalash va ularni quritish singari 
ishlarda o'zlari bevosita qatnashadilar. 
Noyabr oyida dalalarda g'o'zaning ochilmagan ko'saklari ham terila boshlanadi. G'o'zapoya 
yulib olinadi, ekin maydonlariga o'g'it solinib, shudgor qilinadi. Bundan tashqari mana shu vaqtda 
kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maqsadida yoppasiga sug'orish o'tkaziladi. Ekin maydonlari 
haydalgandan keyin ham sug'orish o'tkazish mumkin. Bog', maktab oldi maydonlarida, agar 
harorat 5 darajadan past bo'lmasa, daraxt ko'chatlarini o'tqazish mumkin. 
Noyabr oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar hamda boshqa daraxtlarda bo'ladigan 
zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi. Gulxonalarni xazonlardan tozalanadi, 
qizitilgan go'ng yoki sharbat va superfosfat solinadi. Shuningdek, tuproqni kuzgi shudgor qilib 
qo'yiladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling