Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


O'yin mashqlari va o'yinmashg'ulotlar


Download 369.14 Kb.
bet32/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

O'yin mashqlari va o'yinmashg'ulotlar. Aytib o'tilgan o'yinlardan tashqari bolalar
bilan bo'ladigan ish jarayonida ko'pincha o'yin mashqlaridan («Bargiga qarab daraxtni top», 

foydalaniladi. O'yin mashqlari narsa va hodisalarni sifati hamda xususiyatiga ko'ra farqlashga 


o'rgatadi, kuzatuvchanlikni o'stiradi.
Bu o'yinlar butun guruh bolalari bilan yoki ularning bir qismi bilan o'tkaziladi. O'yin 
mashqlari kichik va o'rta guruhlarda alohida ahamiyatga egadir.




Didaktik o'yinmashg'ulotlar «Ajoyib qopcha», «Gul magazini» kabi o'yinlarni o'z ichiga
oladi. Ular ma'lum mazmunga ega bo'lib, o'yinmashg'ulotlarga qiziqarlilik kiritadi. Bunda o'qitish 
o'yin qoidalari, harakatlari orqali bevosita olib boriladi. O'yinmashg'ulotlardan kichik va o'rta
guruhlarda foydalaniladi, katta guruhlarda esa ular mashg'ulotning bir qismini tashkil etadi. 


Harakatli o'yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o'yinlar hayvonlarning
hattiharakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog'liq bo'lib, ba'zilarida jonsiz tabiat 
hodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va jo'jalar», «Mushuk va sichqonlar», «Quyosh va
yomg'ir» va shu kabi o'yinlardir. 


Ijodiy o'yinlar. O'yinda bolalar mashg'ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan
taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular 
haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning
tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar. 
Ijodiy o'yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, malaka va
ko'nikmalardan o'rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi 
bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlaru, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish
uchun ijodiy o'yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiyachi tabiatshunoslik 
mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o'yinlarni boyitib, ekskursiyalar, sayrlar
v
aqtida bolalarni 

kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, diafilmlar ko'rsatadi, kitoblar o'qib


beradi.

O'yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sut sog'uv


c
hi, bog'bonlar haqidagi 

hikoyalar bolalarga alohida ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan


Qiziqish uyg'otib o'yin mazmunini boyitadi. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o'yinlarni avj 
oldirish uchun sharoit yaratish ya'ni zarur o'yinchoqlar — qishloq xo'jalik mashinalari, hayvonlar
va shu kabilar bilan ta'minlash darkor. 
Ijodiy o'yin turlaridan biri tabiiy materiallar — qum, qor, loy, mayda toshchalar, sola va
shu kabilar bilan o'ynaladigan o'yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan,| ularning 
xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yoshj guruhda yilning fasliga mos tabiiy material
bilan o'ynash uchun| sharoit yaratiladi. Bular qum maydonchalari hamda qum, stollari, qum va 
qor bilan o'ynash uchun shakl to'plamlari,| odamlar va hayvonlarning rezinkadan yasalgan
figuralari. uy, daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalarJ chakamug, metall 
karkaslar bo'lib, bular yordamida figuralarj yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o'yin uchun tabiiy
materiallarni) tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda| foydalanish usullarini 
ko'rsatadi.


Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling