Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 369.14 Kb.
bet35/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish
ko'nikmasigina emas, balki mehnat topshirig'ini, uning natijasini ko'rsatishni, topshiriqlarning 
ketmaketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz
yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O'simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo'yicha 
individial topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. 
Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg'ulot o'tkazib, unda bolalarni navbatchilikning
majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish 
usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2—3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan 
bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.

5. Tabiat bilan tanishtirishning og'zaki metodi. Suhbat
Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oldindan o'tkaziladigan 


suhbatlar va yakuniy suhbat/arga bo'linadi. Oldindan o'tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi
kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo'llaydi. Bunday suhbatning maqsadi _ bo'lajak kuzatishlar 
bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o'rnatishdir.
Yakuniy suhbat o'rganilgan faktlami tizimlashtirish, mustahkamlash va aniqlashga 
yo'llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo'lishi mumkin: ba'zi kuzatiladigan
obyektiarning tor doirasini (masalan, issiq o'lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida, yovvoyi 

hayvonlaming o'rmonda qishlashi va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini


(masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin. 
Suhbat — bu bolalar bilan o'tkazilgan mashg'ulotning yakunidir. Uning samaraliligi
bolalarning tayyorgarliklariga bog'liqdir. 
Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o'yinlar, tabiat haqidagi
hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo'lsa, faqat 
shu mavzu yuzasidan suhbat o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya'ni, uning mazmunini 
aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniq bir xulosa
chiqara olishi lozim. 
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, o'rtasidagi
muhim aloqa hamda munosabatlarni ta'kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga 
o'tishni ta'minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo'lib
uchib keladi? Qora qarg'ani qanday tanib oldik? Biz ularni qayerda ko'rganmiz? Qora qarg'alar 
dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg'alar nima yeydi?» So'ng keyingi savol beriladi:«Nima
uchun qora qarg'alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug'urchuq, qaldirg'och va shu 
kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» 
kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin.
Ular mazmunan aniq, to'g'ri, qisqa bo'lishi kerak. Har bir savolda bitta fikr bo'lishi shart. 
Qisqa «ha» yoki «yo'q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib bo'lmaydi. Bunday savollar
tafakkurning o'sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta'min lamaydi. Tarbiyachi suhbat 
davomida bolalarning xulosa, umuml lashtirishlarni o'zlari mustaqil chiqarishlariga g'amxo'rlik
qiladi.

Suhbatda


xilmaxil 
ko'rgazmali
materiallardan 
ham
foydalaB 

nish
zarur.

Bulartabiatjismlari, obhavo kalendarlari, gerbariylarj illyustratsiyalardir. Bundan tashqari
topishmoqlar, she'rlarJ qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokamal 
qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg'otadM
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodi sifatida, o'rtal va maktabgacha katta 
yoshda qo'llaniladi. O'rta guruhda suhbat,! asosan, hodisalarni eslatishga, katta va maktabga
tayyorlow guruhlarida esa mayjud b i l i m l a r n i umumlashtirish va sistemaga solishga 
yo'naltiriladi. (5.1- shakl)


Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling