Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish


Download 369.14 Kb.
bet34/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarni tabiatdagi mehnati

individual topshiriq shaklida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi.
Individual topshiriq bolalar bog'chasidagi barcha yosh guruhlarda qo'llaniladi. Bular 
tarbiyachiga bolaning xattiharakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko'rsatish, qo'shimcha
tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish 
imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko'nikmalarning aniq va mustahkam
shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas'uliyat his etish, g'ayrat bilan mehnat 
qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Kollektiv mehnat bir vaqtning o'zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va 
ko'nikmalarini
tarbiyalashga 
imkon
yaratadi. 

Mehnatning


bu

shakli
kollektivdagi 


munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini
tushunish, kelishib olish, o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish
o'rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko'niknialar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida 
navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini
takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.


Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat
burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o'simliklarni parvarish qilishga yo'llangan mehnatida 
ishtirok etadilar. Ular 1—2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish
va donxo'rakka solish, o'simliklarni oldindan hozirlab qo'yilgan suv bilan sug'orish val shu 
kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.

O'rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik
guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o'rin egallasa ham biroq ular uzoq 
muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o'zini 2—3 kun davomida
bajaradilar. Natijada o'rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi. 



Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling