Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Bolalarni tabiat bilan tanishtirish shakllaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar


Download 2.12 Mb.
bet13/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish shakllaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar:





  1. Mashg‘ulotlarni maqsadiga ko‘ra jamoa, guruh va yakka tartibda tashkil etish.

  2. Bolalarni yoshi va psixologik xususiyatlariga mosligi.

  3. Mashg‘ulot shakllaridan foydalanishda mavzuga ko‘ra xalq lirikasi va qadriyatlardan foydalanish.

  4. Mashg‘ulot shakllari - innovatsion texnologik usullardan foydalanish.



    1. Mashg‘ulot va unga qo‘yilgan pedagogik talablar


Mashg‘ulot – ta’lim jarayoni mazmuni, ta’lim shakli, ta’lim metodlari hamda vositalari, bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, chuqur bilim dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda hamda mehnatda amalga oshiri- ladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatla- rini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Mashg‘ulotlarning bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakl- lantiriladi. SHu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bola- larning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi bilimlarni umumlash- tirish hamda bir tizimga solishdir. SHuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalani- ladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 1 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadan o‘tkazildi. Ekskursiyalar o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha guruhlarda qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish. Mashg‘ulotning samaraliligi tar- biyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to‘ldirishi, so‘ng mashg‘ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim.
Bunda tarbiyachi «Bolajon» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg‘ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o‘rni (mashg‘ulotda boshlang‘ich bilimlarni shakllanti- rish jarayoni sodir bo‘lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo‘llashi mashq qilinyaptimi va shu kabilarni aniqlash lozim. Bu o‘rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo‘llaydi.
Tarbiyachi qanday metod va uslublar qo‘llamasin ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad – o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg‘ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g‘amxo‘rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo‘llanadi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda uning tuzi- lishini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta’limiy vazi- falar xarakteri, tabiiy ob’ektning xususiyatlari hamda bolalar- ning yoshiga bog‘liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bi- limni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko‘rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga
oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg‘ulotlarida kuzatish, o‘yin metodlaridan foydalaniladi. Og‘zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘u- lotlarda foydalaniladi.
Tanlangan metod dastur vazifasining to‘liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta’minlashi lozim.
Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlarining xilma-xilligi tarbiyachidan puxta sharoit yaratishni talab qiladi: hayvonlar, xonaki o‘simliklar, rasmlarni ko‘rish uchun bolalar yarim doira qilib o‘tqaziladi. Bu bolalarning mashg‘ulotda faol ishtirok etishlariga imkon beradi. Agar mashg‘ulotda tarqatma materiallardan foydalanilsa, ya’ni har bir bolaning qo‘lida kuzatish ob’ekti bo‘lsa, bolalarning o‘z stollari atrofida o‘tir- ganlari ma’qul. Ba’zan guruh xonasida mehnat malakalarini tarbiyalashga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bunday holat- da bolalarni to‘rtburchak shaklida joylashtirish maqsadga muvo- fiqdir. SHunda bolalar tarbiyachi ko‘rsatadigan ish usullarini yaxshiroq ko‘rishga ega bo‘ladilar.
Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazishdan oldin bir qancha ko‘rgazmali qurollar, ya’ni jonli va jonsiz tabiat jismlari (gerbariylar, yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar, foydali hasharotlar, o‘simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalar)ni tayyorlab qo‘yadi. CHunki ko‘rgazmali qurol bolalarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko‘rish, bolg‘acha bilan urib ko‘rish orqali narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar.
Mashg‘ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:

  • ish maqsadini e’lon qilish;

  • tarbiyachi yo‘riqlar berishi;

  • topshiriqni tushuntirish;

  • ko‘rgazmali qurollar ustida ishlash;

  • kuzatish;

  • o‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish ;

  • suhbat;

  • xulosa chiqarish;

  • rasmlar chizish.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling