Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Bolalarni barkamol qilib tarbiyalashda tabiatning o‘rni


Download 2.12 Mb.
bet11/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Bolalarni barkamol qilib tarbiyalashda tabiatning o‘rni


Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. SHunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim.


Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bola- jon» dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, er maydonchasidagi o‘simlik- lar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishti- rar ekan, ularning dunyoqarashini shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o‘rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.


Nazorat savollari





      1. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining imkoniyatlari nimalardan iborat?

      2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda aqliy tarbiya qanday amalga oshiriladi?

Z. Tabiatni estetik qabul qilishning ahamiyatini qanday tushunasiz?

  1. Tabiat bilan tanishtirishda axloqiy tarbiyaning o‘rni?

  2. Tabiat bilan tanishtirish metodikasida jismoniy tarbiya- ning mohiyati nimada?

  3. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda, ularning ongini va ijodiy faolligini o‘stirishda tarbiyachining o‘rni qanday?




Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling