Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet19/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Kuzatishni tashkil etish. Tarbiyachi kuzatishni birinchi marotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayolgan narsa haqida
birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1–2 daqiqa tomosha qildirib turadi.
Kuzatishni tashkil etish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, nar- sani ushlab ko‘rish, qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’lumot- larni aytishi, kuzatiladigan ob’ektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok etish uchun tarbiyachi she’rlardan, topishmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o‘qishdan foydalanadi.
Hayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bolalarning diqqatini «Nima qilyapti?» «Qanday yuryapti?»
«Nima eyapti?» «Qanday eyapti?» «Tanasi nima bilan qoplangan?»
«Oyoqlari qanday – uzunmi yo qisqami?» «Ko‘zlari qanday shakl, rangi?» kabi savollar yordamida hayvonlarning xatti-harakatiga qaratadi.
O‘simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko‘zga tashla- nadigan belgilarini belgilash va ajratib ko‘rsatishdan boshlana- di. Bu o‘simlikning guli yoki uning yorqin rangdor barglari, ba’zan poyasi (masalan, kaktus) bo‘lishi mumkin. Ana shundan so‘ng o‘simlik tana tuzilishining asosiy xususiyatlari – kattaligi, poyasi (yoki tanasi), barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan ko‘rib chiqiladi. SHunday izchillik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar- ning diqqati hali etarlicha barqaror emasligi, ko‘p jihatdan beixtiyorligi tufayli zarurdir. Biroq mashg‘ulot oxiri kuzatish jarayonida paydo bo‘lgan tasavvurlar natijasini umumlashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq berishning turli usullaridan foyda- lanib, «Gapirib berchi, qaerdan bilding? Nimasi bilan farq qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilan bolalarning kuzatish orqali nutqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, uni aniq bir vazifadan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasavvur- lar to‘plashdan ularni qiyoslashga, so‘ngra xulosalar chiqarishga o‘tishda izchillikka rioya qilishi lozim. SHunda bolalarda mantiqiy tafakkur o‘sadi. Har bir kuzatishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini hal etish lozim. SHuning uchun kuzatishlarning har biri ilgarigisi bilan bog‘lanib o‘tkazilishi zarur. Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil
etishda, uni oldindan bir qator epizodik kuzatishlar – «bo‘lak- larga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o‘simliklar rivojlanishi- dagi o‘zgarishlar aniq ko‘rinadigan vaqtda o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o‘simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o‘simtaning urug‘ qobig‘ini yorib chiqayotganini kuzatishni) tavsiya etadi. YAkuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o‘simlik rivojlanishining butun tasvirini tikla- shi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhlarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling