Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet18/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Mavzuning vazifalari:


  1. Tabiat bilan tanishtirish fanini o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra qo‘llanadigan metodlar haqida ma’lumot berish.

  2. Metodlarni tavsifi va uni o‘ziga xos turlari.

  3. Tabiat bilan tanishtirish jarayonida qo‘llanadigan metod va usullarning mazmuni.

    1. Tayanch iboralari: kuzatish, usul, amaliy usul, kuzata bilish, o‘simlik, hayvonlar, tarqatma materiallar, o‘yin, mehnat, sayr, suhbat.



      1. Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi


Pedagogikada metod – pedagog va ta’lim oluvchining (bola- ning) ma’lum ta’lim-tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o‘stirisha axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo‘llangan hamkorlikdagi faoliyatining usulidir. Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:


Ko‘rgazmali uslub – kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar;
Amaliy uslub – o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar;
Og‘zaki uslub – tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‘qish, suhbat.
Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyat- lari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasi iqli- mining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. YUqoridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

      1. Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali uslubi Kuzatish uslubi. Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat

bilan tanishtirishda tarbiyachi ko‘rgazmali metod – kuzatishdan
keng foydalanadi. Kuzatish – tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‘nalgan va bevosita hodisalarni borishga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo‘lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‘stirishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Bu haqda K.D.Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko‘rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi».
Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi.
Kuzata bilish – juda muhim xususiyat bo‘lib, bunda bolada to‘g‘ri yoza bilish, og‘zaki nutq malakalari rivojlanadi.
Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o‘zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodi- salar o‘rtasidagi aloqa va sabablarning bog‘lanishlarini ilg‘ab olishni bolalarga o‘rgatishi kerak. SHunday qilib maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq
bilimlarni to‘plash orqali o‘sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish bilangina olib borilishi mumkin. Kuzatish, ya’ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o‘rgatish bilan biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o‘stiramiz.
Noto‘g‘ri tushunchalarni tuzatish, yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. SHuning uchun bolalar maktabgacha ta’lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to‘g‘ri tushunchalarga ega bo‘lishlari juda muhimdir.
Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki u sog‘lom bo‘lmagan faoliyatlarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, bolalar qo‘ng‘iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar. YOki hayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi nima bo‘lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o‘zaro bog‘liqligini, ya’ni uning
«oltin zanjir» ekanligini tushuntirish zarur. Bu orqali bolalarga ekologik talim-tarbiya berib boriladi.
Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lish, kuzatuvchanlik bilan birgalikda bilishga ham qiziqishni o‘rgatadi. Buning asosida taxminiy va tekshiruvchanlik refleksi yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir, deb hisoblaydi I.P.Pavlov. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kattalarga «Bu nima?», «Nima uchun?», «Qanday qilib?» kabi cheksiz savollari bunga misol bo‘la oladi. Bu o‘rinda tarbiyachi savollarga javob topishda bolalarning o‘zlarini jalb qilishga harakat qilishi zarur.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhla- rida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
O‘simlik va hayvonlarni o‘sishi hamda rivojlanishi, tabiat- dagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi – uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning ob’ektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatla- rini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug‘orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki
qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarning pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisa- larini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko‘ra murakkab bo‘lganligi sababli, maktabgacha ta’lim, o‘rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra o‘simlik va hayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya, sayrlarda, shuningdek, tabiat burchagidagi mashg‘ulot- larda tashkil etiladi.
Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, xarakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o‘rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg‘ir yog‘ishi, kamalakning hosil bo‘lishi kabi holatlar kiradi.
Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliya- tini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni tarbiyalashi lozim.
Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkil etishda ob’ekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan ob’ekt yaxshi holatda, bo‘lishi kerak, ya’ni o‘simlik so‘limagan, navlari o‘ral- magan, hayvon qo‘lga o‘rgatilgan, sog‘lom, bolalardan cho‘chimaydigan bo‘lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo‘lsa, ob’ekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi, unga yaqinlashish qulay bo‘lishi uchun yorug‘lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‘ynashlari mumkin. Bunda hayvonlar o‘zlarini erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay joylashib o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling