Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet22/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi hara- katli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot
tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va jo‘jalar»,
«Mushuk va sichqonlar», «Quyosh va yomg‘ir» kabi o‘yinlardir.
Ijodiy o‘yinlar. O‘yinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi mehnat- larining ahamiyatini anglab oladilar.
Ijodiy o‘yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, malaka va ko‘nikmalardan o‘rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi bolalar qaysi bilimlarni etarlicha egallaganlaru, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchun ijodiy o‘yin- larni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiyachi tabiat- shunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o‘yinlarni boyitib, ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, diafilmlar ko‘rsatadi, kitoblar o‘qib beradi.
O‘yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari – sut sog‘uvchi, bog‘bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga alohida ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan qiziqish uyg‘otib o‘yin mazmunini boyitadi. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish, ya’ni zarur o‘yinchoqlar – qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan ta’minlash darkor.
Ijodiy o‘yin turlaridan biri tabiiy materiallar – qum, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan o‘yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh guruhda yilning fasliga mos tabiiy material bilan o‘ynash uchun sharoit yaratiladi. Bular qum maydonchalari hamda qunj stollari, qum va qor bilan o‘ynash uchun shakl to‘plamlari, odamlar va hayvonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy, daraxt- larning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar chakamug‘, metall karkaslar bo‘lib, bular yordamida figuralar yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o‘yin uchun tabiiy materiallarni tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda foydalanish usul- larini ko‘rsatadi.

      1. Download 2.12 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling