Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi. Suhbat


Download 2.12 Mb.
bet24/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi. Suhbat


Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga–oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi kuza- tishlar, ekskursiyalardan oldin qo‘llaydi. Bunday suhbatning maqsadi bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir.


YAkuniy suhbat o‘rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: ba’zi kuzatiladigan ob’ekt- larning tor doirasini (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi va shu kabilar), boshqa hodisalarning keng doirasini (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin.
Suhbat – bu bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotning yakuni- dir. Uning samaraliligi bolalarning tayyorgarliklariga bog‘liq. SHuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida aniq tasavvur bo‘lsa, faqat shu mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazish maqsadi yaxshi fikrdir.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi, ya’ni uning mazmunini aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniq bir xulosa chiqara olishi lozim.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xusu- siyatlari, belgilari, o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabat- larni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirib o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘lib uchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ularni qaerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg‘alar nima eydi». So‘ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin.
Ular mazmunan aniq, to‘g‘ri, qisqa bo‘lishi kerak. Har bir savolda bitta fikr bo‘lishi shart. Qisqa «ha» yoki «yo‘q» javob- larini talab qiluvchi savollarni berib bo‘lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o‘sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta’minlamaydi. Tarbiyachi suhbat davomida bolalarning xulosa, umumlashtirishlarni o‘zlari mustaqil boshqarishlariga g‘amxo‘rlik qiladi.
Suhbatda xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydala- nish zarur. Bular tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illyustratsiyalardir. Bundan tashqari topishmoqlar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg‘otadi.
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifa- tida, o‘rta va maktabgacha katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta guruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishga yo‘naltiriladi.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling