Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet23/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Tabiatda bolalar mehnati


Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo‘lgan munosa- batlar shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo‘lishlari, o‘z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tar- biyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish, narsalarni sensor belgilarini nazarda tutishga o‘rgatadi. Masalan, o‘simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini – barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so‘lg‘inligi, yumshoqligini, tuproqda esa – uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim.


Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holatining yog‘ingar- chilikka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyoj- larini qondirilishiga bog‘liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o‘zgarishi, qonuniy tarzda o‘simliklar holatini ham o‘zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o‘zlashtirishlari ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham ta’sir etadi – mehnat ongli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib boradi. Bolalarda tabiatga qiziqish, mehnatsevarlik shakllanadi.
Tabiatdagi mehnat – kuzatuvchanlikni o‘stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog‘langan bo‘lsa, samaraliroq bo‘ladi. Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi. Bolalar mehnat orqali o‘simliklarning xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi, ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o‘stirish usullari, o‘simliklar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko‘rinishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari, hayot tarzlari va ularning mavsumiy o‘zgarishlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. SHu jumladan, hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishni o‘rganadilar va shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar.
Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarni tabiatdagi mehnati individual topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi.
Individual topshiriq bolalar bog‘chasidagi barcha yosh guruh- larda qo‘llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko‘rsatish, qo‘shimcha tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko‘nikmalarning aniq va mustahkam shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas’uliyat his etish, g‘ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Jamoaviy mehnat bir vaqtning o‘zida guruhning barcha bola- larida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini tarbiyalashga imkon yaratadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsa- dini tushunish, kelishib olish, o‘z harakatlarini muvofiqlash- tirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, o‘rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbat- chilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o‘simliklarni parvarish qilishga yo‘llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1–2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo‘rakka solish o‘simliklarni oldindan hozirlab qo‘yilgan suv bilan sug‘orish va shu kabilar. Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta-sekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O‘rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyush- tirishning shakllari kichik guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o‘rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o‘zini 2–3 kun davomida bajaradilar. Natijada o‘rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko‘nikmasigina emas, balki mehnat topshi- rig‘ini, uning natijasini ko‘rsatishni, topshiriqlarning ketma-
ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O‘simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazib, unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga mala- kalari etarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.



      1. Download 2.12 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling