Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet52/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

ARCHA


U hamisha ko‘m-ko‘k. Ona tuproq bag‘ridan unib, quyoshning zarrin nurlarini emgan damlaridan qasamyod qilgandek bir xilda o‘sadi. Uning rangi ham hech o‘zgarmaydi. Ko‘m-ko‘k, yam-yashil...


Kunlar o‘taveradi. Yilning ilk fasli – qishning izg‘iriniga bardosh beradigan ham shu. Hatto novdalari oppoq qorlarga chulg‘anganida baxtiyor kelinchakka o‘xshab ketadi. Bahorda ham sevimli libosni o‘zgartirmaydi. Faqat yangi novdalari qanot yozib, uyg‘onish faslini qutlaydi. YOzning jaziramasida ham odamlarga zavq bag‘ishlaydi.
Tabiatning to‘kinchilik fasli bo‘lmish kuzda hammayoq oltin rang qiyofaga kirganida, so‘ngra daraxtlar o‘zining to‘nini tashlaganida ham, u avvalgidek yashnab turaveradi. Hech qiyofasini o‘zgartirmaydi.
Hamma odamlar ham tabiatning ana shu bebaho ehsoniga o‘xshasa qaniydi...


TOPISHMOQLAR





Bir parcha patir, Olamga tatir.
(Oy)


To‘rtdir uning oyog‘i, Temir mixli tuyog‘i, Manzilga etishtirar, Toshdan qattiq tuyog‘i.
(Ot)

O‘tirishi toyloqday, O‘t eyishi yilqiday.
(CHigirtka)


Qat-qat quloq, Dum-dumaloq.
(Karam)


Tom ustida piyola, Atrofida gul-lola.
(Oy va yulduzlar)


G‘oq-g‘oq-g‘oq Dumog‘i choq,
Suvda suzib yuraman, Ko‘p kayflar suraman.
(G‘oz)



TOMCHI HAQIDA ERTAK


Qishloq chekkasida, baland tepalik ustida bir tup O‘rik o‘sar ekan. U har yili odamlarga ko‘p-ko‘p meva berarkan. Ammo atrofida daraxtlar bo‘lmagani uchun juda zerikarkan. Bir kun ertalab O‘rik uyg‘onsa, yaprog‘ida bir narsa yaraq-yaraq qilib turganmish.



    • Sen qanaqa qushsan? — debdi O‘rik hayron bo‘lib.

    • Men qush emasman. Men — Tomchiman, — debdi boyagi yaraqlab turgan narsa.

    • Kel, o‘rtoq bo‘lamiz, — debdi O‘rik.

    • Bo‘pti.

    • Ammo ketib qolmaysan, — debdi O‘rik. — Bo‘lmasa qushlardan ham o‘rtog‘im ko‘p-u, hammasi kuz kelishi bilan qochib ketishadi.

    • Mayli, — debdi Tomchi. — Men eng qiyin paytda sening yoningda bo‘laman.

O‘rik juda suyunib ketibdi. Ikki o‘rtoq kun bo‘yi maza qilib o‘ynashibdi. Lekin O‘rikning quvonchi uzoqqa bormabdi. Ertasiga ertalab uyg‘onsa, Tomchi yo‘q emish.
«Tomchi meni aldabdi», — deb o‘ylabdi O‘rik xafa bo‘lib. Endi shundoq deb turgan ekan, birov uni chaqiribdi.

    • O‘rikjon! Hoy, O‘rikjon!

O‘rik quloq solsa, tovush osmondan kelayotganmish. Osmonga qarasa, do‘mboqqina, oppoq bulut suzib ketayotganmish.

    • Meni kim chaqiryapti? — debdi O‘rik shoxlarini silkitib.

    • Men, sening do‘stingman! — debdi bulut borgan sayin pastlab. — Men — Tomchiman.

O‘rik hayron bo‘libdi:

    • Qandoq qilib osmonga chiqib olding?

    • Meni oftob bobo bulutga chiqarib qo‘ydi.

    • Meniyam opket, — debdi O‘rik havasi kelib.

    • Yo‘q, sen odamlarga meva berishing kerak. Qo‘rqma, mem ham yaqinda qaytib kelaman.

Tomchi shunday debdi-da, bulutga minib, olis-olislarga ketib qolibdi. O‘rik yana zerika boshlabdi. «O‘rtog‘im endi kelmaydi, deb o‘ylabdi xafa bo‘lib. — Osmonga chiqib, meni unutib yubordi».
Kunlar borgan sayin isib, O‘rikniig rosayam suv ichkisi kelibdi. CHanqaganidan yaproqlari shalpayib qolibdi. Suv ichay desa, yaqin orada bittayam ariq yo‘q emish. Oxiri u shundoq chanqabdiki, hushidan ketib qolibdi.
Bir mahal birov uning yaproqlarini silagandek bo‘libdi. O‘rik ko‘zini ochib qarasa, yaproq ustida Tomchi turgan emish.

    • Men senga yordam bergani keldim, — debdi Tomchi. U shunaqa ko‘p o‘rtoqlarini boshlab kelgan ekanki, O‘rikning chaiqog‘i birpasda bosnlib, yayrab yashnab ketibdi. Ikkala do‘st rosa o‘ynabdilar.

Kundan-kun, oydan-oy o‘tib, kuz kelibdi. O‘rikning yaproqlari to‘kilib, yalang‘och bo‘lib qolibdi. Bu ham kamlik qilgandek, birdan izg‘irin shamol esibdi. O‘rikning a’zoyi badani muzlay boshlabdi.

    • Tomchi bo‘lganida yordam berardi, — deb o‘ylabdi O‘rik afsuslanib. SHundoq deyishi bilan osmonda bir vaqtlar Tomchini ko‘tarib yurgandaka bulutlar paydo bo‘libdi. Bulutlar quyuqlashaveribdi, quyuqlashaveribdi, oxiri qor yog‘ib yuboribdi. Qor uning shoxlarini ko‘rpadek o‘rab olibdi.

    • Qalay, isib qoldingmi, O‘rikjon?

O‘rik Tomchining tovushini darrov tanibdi. Ammo o‘zini ko‘rmabdi.

    • Qaerdasan, Tomchi? — debdi shoxlarini silkitib.

    • Qorning ichidaman, — debdi Tomchi kulib, — qarasam, sovqotib qolibsan. Qorni boshlab keldim.

    • Endi ketib qolmaysan-a? — debdi O‘rik yalinib.

    • Yo‘q, bahorgacha sening yoningda qolaman.

O‘shandan beri O‘rik odamlarga ko‘p mevalar beribdi. Tomchi ellarni kezibdi. Ammo u qaerda bo‘lmasin, qiyin va zarur paytda do‘sti — O‘rikning yoniga kelarkan.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling