Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet47/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Katta yosh gurux.


Mavzu: Bog‘(park)ga ekskursiya. Bargiga qarab daraxtlarning nomini aniklash
Mashg‘ulot maqsadi: Bolalarning(daraxtlarda sariq barglar paydo bo‘lishi, o‘tlar sarg‘aya boshlashi, hasharotlar tobora kamaya borishi,qushlarni issiq o‘lkalarga uchib ketishi) haqidagi tushunchalarini aniqlash, bolalarni bargining shakliga qarab farqlashga o‘rgatish. Kuzning go‘zalligini ko‘ra olish malakalarini rivojlantirish
Kutilayotgan natija: Bolalarda tabiatga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
Kuzning go‘zalligini ko‘ra oladilar. Estetik qobiliyatlari rivojlanadi.
Barglarining shakliga ko‘ra daraxtlarni farqlay oladilar. Gerbariy to‘playdilar
Zarur jixozlar: Ekskursiyadan oldin bolalardan qaysi fasl kirib kelganligini so‘rash. Gullarning urug‘larini solish uchun xaltachalar. Oldindan tayyorlangan gerbariylar uchun papka Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga kuzning dastlabki belgilarini topishni taklif qiladi. Quyidagi yo‘naltiruvchi savollar Bilan murojat qiladi: YOzda daraxtlarning barglari qanday rangda edi? Xozir qaysi daraxtlarda sariq rangli barglar paydo bo‘libdi? Tarbiyachi:
Bog‘ yashnaydi bog‘bon bilan, Dala yashnar dehqon bilan. Uy yashnaydi bola bilan, Tog‘ yashnaydi lola bilan.
Tarbiyachi: Bolalar, har narsaning o‘ziga yarasha gashti bor. Mana, mening qo‘limda yapaloqday yam —yashil barg bor. qani, kim aytadi, bu qaysi daraxtning bargi?(YOng‘oq) Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolajon, endi topishmoqni toping —chi. qo‘shaloq tovoq — ichi to‘la yog‘.
YOng‘oq bargiga o‘xshash, biroq nisbatan kichikroq bargli daraxtni ko‘rsatib. qaysi daraxt ekanligini so‘raydi(Gilos).
SHundan so‘ng tarbiyachi bolalardan gilos haqida she’r aytib berishlarini so‘raydi yoki quyidagi she’rni o‘qib beradi
Bilursan otim Gilos, SHirindurman asaldan, Suyar meni hamma soz.
Doridurman azaldan.
Meni ko‘rgan kishilar, O‘zga meva xoqlamas.
Meni sevib eganni, Kutqazaman kasaldan.
Tarbiyachi: Eshitdingizmi, bolajonlar, gilos juda ham foydali meva ekan. Endi stol ustidagi barglardan qaysilari mevali daraxtlarniki ekanligini ajratib ko‘rsatinglar va gerbariy uchun tayyorlagan papkamizning tegishli joylariga solib qo‘ying.
Mevalarning urug‘in ekib, asrang o‘rtoqdar, Kelajakda ulardan yaratilar gul-bog‘lar.
Tarbiyachi: Xa, bolajonlar.gul va mevalarning urug‘larini ekib, asrashimiz lozim. Agar ularni asrab — avaylasak, kelajaqda bundan ham ko‘rkamroq bog‘-rog‘lar yaratamiz. Bolajonlar, barglar ichidan mevali daraxtlarni juda to‘g‘ri topdingiz. Bu daraxtlarning mevasi ming dardga davo ekan.
Bolajonlar, qAni endi Kim chaqqon ekan, bir nafasda kim tez ayta olar ekan?
Nosir novvoti nokni oldi — novvoti nokni Nosir oldi. (Tez aytpish.)
Bir, ikkita bola tezaytishni aytgach bolalar bilan «Bog‘chamiz bog‘ida» she’rini yod olinadi.
Bog‘chamizning bog‘ida, Savat-savat terdik biz, Mehnat qildik hammamiz. Uzum, shaftoli, anor. Naqd oltin kuz chog‘ida, Pishdi behi, olmamiz.
Hosilidan yorug‘ yuz, Dillar yayrab quvonar.
«Hamma tezda o‘z bargiga» harakatli o‘yini
Bolalar endi mana bu gullarga qarang qanday chiroyli gullar ekan. Bu gullarning nomini bilasizlarmi? Agar bolalar bilmasalar tarbiyachi o‘zi gullarning nomlarini aytadi hamda bolalarga o‘zlariga yoqqan gullarning urug‘laridan Urug‘lar uchun xaltachalariga solishni taklif qiladi.
Mashg‘ulotning yakunida tarbiyachi bolalarga endi bu tergan Urug‘larini qayi faslda er uchastkamizga ekishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘raydi. Bolalar javoblaridan so‘ng faol ishtirok etgan bolalarni rag‘batlantiradi.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling