Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Mavzu: Bolalarni kuzgi daraxt bilan tanishtirish


Download 2.12 Mb.
bet44/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Mavzu: Bolalarni kuzgi daraxt bilan tanishtirish.


Maqsad: Bolalarni daraxtning asosiy qismlari(tanasi, shoxlari, barglari) haqidagi tasavvurlarini aniqlash. Barglarni rangi, kata

  • kichikligi, shakliga ko‘ra farqlashni mashq qildirish. Daraxt, shoxlar, barglar, chiroyli, yashil, sariq, yo‘g‘on, ingichka so‘zlarini lug‘atga kiritish. Kuzgi daraxt go‘zalligidan zavqlanish xissini uyg‘otish.

Kutilayotgan natija: Bolalarda kuzatuvchanlik hissi paydo bo‘ladi. Daraxtning asosiy qismlarini bilib oladilar. Barglarni rangi, katta — kichikligi, shakliga ko‘ra farqlashni o‘rganadilar. Kuzning go‘zalligidan zavqlanadilar.
Interfaol usullar:
Savol—javob Didaktik o‘yin
Tashkil etish: Bog‘cha xovlisidan bolalar bilan yoniga borish qulay bo‘lgan alohida turgan daraxtni tanlash.
Mashg‘ulotning borishi:Tarbiyachi bolalarga kuzatishga mo‘ljallangan daraxtni avval uzoqdan ko‘rsatib, uning go‘zalligini zavq bilan tomosha qilishni taklif etadi. So‘ngra
daraxt yoniga kelib doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi: Bolalar past shoxchaga bo‘y cho‘zib qo‘lingizni tekizib ko‘ring-chi. ENG Tarbiyachi pastroqda joylashgan shoxni egib bolalar barglarin yaqindan ko‘rishlari uchun imkon yaratadi. Ularning ranglari qanday? Ular kattami yoki kichikmi?
So‘ngra bolalar daraxt tagidan yashil, qizil, sariq barglarni toping topshirig‘ini beradi.
SHerzod sen nima olib kelding? Uning rangi qanaqa?
Nima uchun ranglari bunaqa?
Bolalar daraxtning tanasini ko‘rsating? Endi esa shoxlarini?
Barmoqlaringiz bilan daraxt tanasini o‘rab oling.
Bolalar barmoqlar bilan daraxt tanasini o‘rab olish mumkinmi? Nima uchun mumkin emas?
Daraxtning tanasi qanday?
Bolalar endi keling ko‘pchilik bo‘lib daraxtni quchoqlaymiz. SHundan so‘ng tarbiyachi bolalarni ma’lum masofada daraxtdan uzoqlashtirib, yana bir bor uning go‘zalligidan zavqlanishni taklif qiladi.
Kuzgi barglardan gerbariy tayyorlash



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling