Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet42/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Tarbiyachi: Tabiat burchagimizdagi mana bu sayroqi qushning nomi nima va u qaerda yashaydi?
Tarbiyachi: Haqiqatan ham bu qush kaklik bo‘lib, o‘zimizning tog‘larda juda ko‘p uchraydi. qish faslida hamma narsa — o‘tlar, gullar, daraxtlar qor tagida qolib ketishi sabab, tog‘da yashaydigan kakliklarmiz hayoti uchun zarur bo‘lgan donni topishga qiynaladilar va ular odamlar yashaydigan joylarga, yo‘llarga to‘da
—to‘da bo‘lib yaqinlashadilar. SHunda ba’zi bir odamlar ularni ovlaydi, o‘ldiradi, qafaslarga solib sotishadi. Ular to‘g‘ri qilishadimi?
Bolalar: Yo‘q, kakliklarni o‘ldirish mumkin emas.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, shuning uchun ham bog‘chamiz «qizil kitobi»ga kaklikni ham kiritganmiz. Bu kaklikka doimo g‘amxo‘rlik qilamiz. Don, non ushoqlari, suv berib parvarish qilib kelmoqdamiz. Albatta. bundan keyin ham bu ishlarimizni davom ettirishimiz kerak.
Bolajonlar qani aytinglar-chi, qish birinchi qaerga keladi? A) shaharga V) toqqa S) qishloqqa D) dalaga
Bu suhbat davomida tarbiyachi bolalar bilan kaklikka don berib, parvarish qiladilar.
Tarbiyachi: Atrofimizdagi tabiatda o‘simliklar, qushlardan tashqari hayvonlar ham bor. Mana bu suratda hayvonot olami vakillari tasvirlangan. qani, kim qaysi hayvonni taniyapti?
Bolalar: sigir, ot, it, mushuk, qo‘y, echki, eshak, bo‘ri, quyon, tulki... Tarbiyachi: Barakalla!bilag‘onlar. Bu hayvonlarni topdingizlar. nomini ayttan hayvonlaringiz uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar turkumiga bo‘linadilar.
Tarbiyachi mashg‘ulot davomida er va quyosh haqida ham qisqacha tushuncha beradi, o‘simliklar, hayvonot dunyosida, insonlar hayotida er, suv va quyoshning tutgan o‘rni haqida tushuntiradi. Mashg‘ulot so‘ngida «quyosh va yomg‘ir» o‘yini o‘ynaladi.


Mavzu: Bolalarni mevalardan olma bilan tanishtirish.


(mujassam mashg‘ulot) .
Maqsad: Kichkintoylarga tabiatning noz — ne’matlari haqida dastlabki tushunchalar berish, kundalik hayotlarida iste’mol qilayotgan mevalarining nomlarini, ta’mi, shakli, rangini o‘zaro taqqoslab, farqlashga o‘rgatish.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling