Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet45/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Mavzu: Piyoz ekish.


Maqsad: Bolalarni bosh piyoz haqidagi tasavvurlarini aniqlash(u dumaloq, sariq, uchi, ildizlari bor). Piyoz ekish o‘rgatish(chuqurchaga qo‘yib, atrofidan siqish va ustiga solib, sug‘orish) o‘simliklarni o‘stirishga qiziqish uyg‘otish piyozning xususiyatlarini, shuningdek piyoz ekishga bo‘lgan ishtiyoqlarini qondirish.
Kutilayotgan natija: Bolalarning piyoz haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Piyozning xususiyatlarini uni ekishni o‘rganib oladilar.
Zarur jihozlar: Ungan piyozboshlar yumshoq tuproqli chuqurcha kavlangan tuvaklar, leykalarda suv. Stollar qator qo‘yiladi, bolalar tikka turgan xolda piyozboshlarni ekadilar.
Interfaol usullar: Suhbat
Savol javob Amaliy ish
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga ko‘k barglari ungan piyozboshni ko‘rsatib «Bu nima?» deb so‘raydi. Agar bolalar qiynalsalar, tarbiyachi piyozboshning ko‘k barglarini
ko‘rsatib o‘zi aytadi.
«Piyoz barglarining rangi qanday?» deb so‘raydi. So‘ngra har bir bolaga bittadan piyozbosh beradi.
Bolalar bu nima?
Piyoz po‘stining rangi qannaqa?
Bolalar piyozni ushlab stol ustida yumalating. Bolalar piyozbosh dumaloq shuning uchun u juda yaxshi yumaladi. Bolalar piyozboshning shakli qanaqa ekan?
Bolalar piyozboshni tuproqqa ekamiz, undan ko‘k piyoz o‘sib chiqadi. SHundan so‘ng tarbiyachi bolalarga chuqurchani ko‘rsatadi va har bir bolaga qaytarishni taklif qiladi. Tarbiyachi piyozboshni olishlarini taklif qiladi. Piyozning dumi va boshi qaerdaligini ko‘rsatadi. Bolalar tarbiyachining ketidan takrorlaydilar. Piyozboshlarni bosib, atrofiga tuproq tortib, tuproqni barmoqlar bilan bosilishini, so‘ngra esa suv quyish mumkinligini aytadi. Ekilgan piyozlarni ko‘rib chiqib bolalarni rag‘batlantiradi.


Mavzu: Tovuq jo‘jalari bilan surati ustida suhbat.


Maqsad: Bolalarda tovuqning bolalari — jo‘jalari borligi haqidagi tasavvurni mutahkamlash: tovuq va jo‘jalarning tashqi ko‘rinishi hamda xatti harakatlari(tovuq katta, oq, uning pati, dumi, qanoti bor, jo‘jalar kichkina, sariq, momiqdek, tovuq va jo‘jalar yuradi, yuguradi, don cho‘qiydi, suv ichadi) haqidagi bilimlarni aniqlash. Lug‘atlariga tovuq, momiqdek, jo‘jalar, pat, kichkina, don so‘zlarini kiritish. Hayvonlarni kuzatishga o‘rgatish orqali qiziqishlarini orttirish, ularga ehtiyotkorona, g‘amxo‘rona munosabatda bo‘lishni tarbiyalash.
Kutilayotgan natija: Bolalar tovuqning bolalari jo‘jalar ekanligini bilib oladi, ular haqida tasavvurlari ortadi. Hayvonlarni kuzatishga qiziqish paydo bo‘ladi. Extiyotkorlik Bilan munosabatda bo‘lishni bilib oladilar.
Zarur jihozlar: Rasm, qo‘g‘irchoq.
Bolalarni yarim doira shaklida o‘tkaziladi. Interfaol usullar:
Suhbat Savol javob
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi qo‘g‘irchoqni ko‘rsatib: «Qo‘tirchoq Lolaxon qishloqda buvisinikida mehmonda bo‘ldi. U erda ko‘pgina narsalarni ko‘rdi. Lolaxon sizlarga ko‘rsatish uchun rassomdan dalada ko‘rgan narsalarining rasmini chizib berishni iltimos qildi. Qarang bolalar manna o‘sha rasm. Rasmni ko‘rishga taklif etadi» bolalar rasmni kuzatayottanlarida tarbiyachi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi:
Rasmda nima tasvirlangan? Ona tovuq nima qilayapti?
Ularning jo‘jalar ekanligini qaerdan bildingiz? Sanangchi ular nechta ekan?
Jo‘jalar nima qilayapti? Tovuqning rangi qanaqa? Jo‘jalarining rangichi?
Qaysi biri kata tovuqmi yoki jo‘jalarimi? Tovuqning boshida nimasi bor?
Tovuq va jo‘jalar tumshug‘i bilan nima qilishayapti? Ular nimani cho‘qilayapti? Tovuq va jo‘jalar nimalarini qoqishayapti? Tovuq don topganda jo‘jalarni qanday chaqiradi? Egasi tovuq va jo‘jalarga don berganda ularni qanday chaqiradi?
Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalar bilan «Tovuq jo‘jalari bilan» o‘yinini o‘ynashni taklif qiladi.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling