Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet43/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Kutilayotgan natija: Bolalarni tabiat haqidagi tasavvurlari ortadi, mevalar haqidagi bilimlarini kengayadi. Zarur jixozlar: Savatda mevalar.
Interfaol usullar: Sayr (muassasa bog‘iga sayr uyushtirish). Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalar bilan bog‘cha bog‘iga boradi, ularni suhbatta tortadi.
Tarbiyachi: Bolalar hozir qaysi fasl? (YOz fasli.)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolajonlar, bugun ob —havo qanday? (Issiq,
quyoshli)
Tarbiyachi: Haqiqatan ham bolajonlar, quyosh chaqnab nur sochyapti, quyosh nurlari erni qizdirayapti, o‘sayotgan gullar, maysalar ham suv ichishni xoxlayapti. (Gullarga suv quyilmagan
bo‘lishi va ular suvsagan bo‘lishi kerak) qani bolalar gullarga suv quyaylik — chi. Suvlardan maysalarga, gullarga, barglarga quysak, maysalar yashnab ketadi, gullar yanada chiroyli o‘sadi, daraxtlar ko‘kka bo‘y cho‘zib, baland o‘sadi.
Bolalar: Opa, suv juda yaxshi, bizlar ham suv ichamiz.
Tarbiyachi: Ha, bolajonlar, suvning yaxshi xislatlari juda kup, atrofimizdagi olam, tabiatning hayoti uchun juda zarur. Suv biz uchun ham juda katta axamiyatga ega. Inson tomirlarida qon oqi turganidek, ona tabiatimiz uchun qon vazifasini suv bajaradi. Suvni isrof qilmaslik kerak, ariklarda oqayotgan suvlarni isrof qilmaslik kerak. (Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda muassasada mavjud daraxtlarning turlarini aytib o‘tadi: nok, anor, olxo‘ri, bodom, olma). Endi sizlar bilan biz mana bu daraxt nomini, uning mevasini nima deb nomlanishini aytishimiz kerak, qani kim aytadi?
Bolalar: Bu olma daraxti, shoxlarida mevalari (olmalari) Tarbiyachi daraxtdan olma uzib bolalarga ko‘rsatadi, olma qaysi rangda? (qizil)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, olmaning rangini to‘g‘ri topdingizlar sizlarga men olma terib beraman (tarbiyachi savatchaga olma terib oladi, bolalar olmadan emoqchi bo‘ladilar). Bolalar, mevalarni eyishdan oldin nima qilishimiz kerak edi?
Aziz: YUvish kerak edi, opajon.
Tarbiyachi: Albatta, olmalarni yuvib eyish kerak, bo‘lmasa qorinlaringiz og‘rib qoladi (olmalarni suvda yuvib, bolalarga tarqatadi). Olmaning mazasi qanday ekan, kim aytib beradi?
Bolalar: SHirin, shirin...
Tarbiyachi: Olma qipqizil, juda shirin meva ekan, lekin sariq, ko‘k olmalar ham shirin bo‘ladi. Men sizlarga hozir hikoya aytib beraman (bolalar daraxt soyasiga o‘rnashib o‘tirib olishadi). Sizlarga o‘xshagan Munira ismli qizcha bo‘lgan ekan. Bir kuni dadasi bilan sayr qilib yurganda, katta bir daraxtni ko‘rib, dadasidan so‘rabdi:

  • Dada, bu qanday daraxt?

  • qizim, bu olma daraxti, vaqti kelib u senga shirin olmalar beradi.

Kunlar o‘tibdi, bahor kelib, yomg‘irlar yog‘ibdi, ona tabiat daraxtga suv beribdi, quyosh nurlari bilan erni isitibdi, daraxt barg chiqaribdi, gullabdi, keyinchalik kichik —kichik olmachalar
tugibdi. SHunda Munira daraxtning oldiga kelib: «daraxt olmalaringdan ber», deb so‘rabdi, lekin daraxt olmalaridan bermabdi. Munira rosa xafa bo‘lib yig‘labdi. SHunda daraxt qizga yordam berish uchun quyoshga murojaat qilibdi. Quyosh erni rosa qizdiribdi, olmalar kata- katta bo‘libdi, qipqizarib pishibdi. Buni ko‘rib xursand bo‘lgan qizcha yana: «Daraxt, olmalaringdan ber», debdi. Daraxt esa olmalardan uzib berolmabti, chunki uning qo‘li yo‘q ekan —da. SHunga bu safar shamolni yordamga chaqiribdi, shamol daraxtni silkitibdi, olmalar duvillab to‘kilibdi. Munira xursand bo‘lib, savatchasiga olmalarni terib, uyiga olib ketibdi.
Olma: Men sizlarning Olmangiz,
Xomligimda olmangiz. Nortojiga o‘xshab so‘ng,
«Voy qornim» deb qolmangiz, — deidi.
Tarbiyachi: Mevalarni endi xomligida, yuvmasdan emaslik kerakligini bilib oldingizlar. Endi topishmoq topamiz: Izi boru, o‘zi yo‘q, so‘zi bor -u, yuzi yo‘q. (shamol) Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalar bilan «nima qaerda o‘sadi» didaktik o‘iinini o‘ynaydi.



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling