Болаларни табиат билан таништириш методикаси


Download 2.12 Mb.
bet46/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Mavzu: Xona o‘simliklarini yuvish.(tayyorlov gurux)
Maqsad: Bolalarning xona o‘simliklari haqidagi bilimlarini takomillashtirish.Tarbiyachi raxbarligida mexnat qilish malakalarini xosil qilish. Nam sochiq bilan o‘simlik barglarini ehtiyotkorlik bilan yuvishga o‘rgatish. Bolalarning o‘simliklarga bo‘lgan qiziqishlari va ularni parvarishlashga bo‘lgan ishtiyoqlarini rivojlantirish. Bolalarning lug‘atlariga -fikus, parvarishlash, sug‘orish, artish kabi so‘zlarni kiritish
Kutilayotgan natija: Bolalarning xona o‘simliklari haqidagi bilimlari yanada takomillashadi. O‘simlik barglarini ehtiyotkorlik Bilan artishni bilib oladilar. Bolalarning o‘simliklarni parvarishlashga bo‘lgan havaslari ortadi. Lug‘atlarini yangi so‘zlar bilan boyitish.
Zarur jihozlar: Kleenka solingan stol ustiga barglari qalin va baquvvat bo‘lgan o‘simliklarni bolalarga uning oldiga borishga qulay qilib joylashtiriladi. Har bir o‘simlik yoniga 2 — 3 tadan
nam sochiq qo‘yiladi. Bolalar tikka turgan xolda yoki yarim doira shaklida o‘tiradilar
Interfaol usullar:
Suhbat Savol javob Amaliy ish
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarning diqqatini stol ustidagi o‘simliklarga jalb qilib uni ko‘rib chiqishni va nomini aytishni taklif qiladi. O‘simlik nomini har bir bola takrorlab chiqadi.
Bolalar fikus nimaga o‘xshaydi daraxtgami yoki o‘tgami? savoli bilan murojat qiladi.
Uning barglari qannaqa, kattami yoki kichkinami? Uning rangi qanaqa?
Bir ikkita bolaga o‘simlik yoniga borib barglarini ushlab(silab |
ko‘ringlarchi).
Ular qanaqa?(ular silliq va yaltiroq)
Mana bolalar fikus bizda qanaqa katta bo‘lib, daraxtga o‘xshab o‘sibdi. Uning barglari katta, yashil, silliq va yaltiroq-
Bolalar, biz fikus va boshqa o‘simliklarni qanday parvarishlaymiz? g
Tarbiyachi: Bugun bolalar biz siz bilan o‘simliklarni barglarini artishni o‘rganamiz. Har bir o‘simlik oldida sochiqchalar turipti. Men sochiqchamni ung qo‘limda to‘g‘rilab ushlab oldim. CHap qo‘limga fikusning barglarini unga ozor bermaedan extiyotkorlik bilan qo‘yaman, sochiqcha Bilan artaman, keyin ehtiyotkorlik Bilan orqa tomonini artaman. Bolalarga tushuntirib ko‘rsatib bo‘lgach: Bolalar qarang o‘simligimiz qanday toza bo‘lib qoldi. Endi bolalar hammangiz englaringizni shimarib o‘simliklar oldiga kelinglar va uning barglarini o‘zingiz artib ko‘ringlar.
Bolalar topshiriqni bajaradilar tarbiyachi ularni kuzatib ularga maslahatlar berib boradi, zarur bo‘lgan vaqtda YAna ko‘rsatib berishi mumkin.
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarga o‘simlikning juda toza bo‘lgani, uning barglari yaltirayotgani, endi o‘simliklarga faqat suv quymasdan ularning barglarini artib turishlarini aytib Mashg‘ulotni tugatadi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling