Болаларни табиат билан таништириш методикаси


BOLALARGA O‘QIB BERISH UCHUN BADIIY ASARLAR NINACHI


Download 2.12 Mb.
bet49/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

BOLALARGA O‘QIB BERISH UCHUN BADIIY ASARLAR NINACHI


YOzning issiq kunlari bir ermagimiz cho‘milish bo‘lsa, bir ermagimiz ninachi tutish... Turfa rang ninachilar anhorning maysaga bo‘liq yoqalarida qo‘nib-uchib yurishardi. Oriq qomatlari- yu, juft-juft qanotlari biram rangdorki, go‘yo quyosh nurli sochlarini ninachilarga atay qadab, xilma-xil bo‘yoqqa bo‘yab qo‘yganday. Naykamalak rangi ularning qanotida jilva qiladi. Bo‘y ufurib yotgan yalpizlarga ninachilar gala-gala bo‘lib qo‘nganda, go‘yo ular «gullab» turganday ko‘rinadi. Biz kim o‘zarga ninachi tutish bilan andarmon bo‘lamiz. Barmoqlarimizni qilib olamizda, sharpasiz olg‘a cho‘zamiz. Havoning bemajol to‘lqinini sezib qolishadimi, ular nogahon engil uchib ketishadi. Birpas lol qolamizda, tag‘in o‘zgasini ta’qib etamiz. Ovimiz baroridan kelsa, boshimiz ko‘kka etadi. Bir nechasini bir-biroviga maqtab,
«aeroplan» qilib uchiramiz. Ular ushoqqina tanalariga o‘ralgan ingichka oq ipni zo‘r-bazo‘r sudrab, er bag‘irlab parvoz qiladilar.
Bir kuni ninachilarning nafarmon, yashil, zangori, malla, tuslilarini uyga keltirib, otamga maqtandim. Otam bo‘lsa, ularga bir sira ko‘z qirini tashladiyu, so‘ng beparvo shunday dedi:
- Buning yaratuvchisini ko‘rmagansan-da? Balchiqda ko‘milib yuradi. Buzoq boshiga o‘xshagan badbashara. Uning qornini yorib chiqadi ninachilarning bari...
SHunda o‘zim ardoqlagan go‘zallik timsolidan ko‘nglim bir sira sovib ketadiyu, o‘sha go‘zallikni yaratgan «sir»li maxluqni o‘z ko‘zim bilan bir ko‘rishga oshiqib qolaman.
Bu niyatimga tez orada etdim. Guzarda cho‘milayotsam, anhor yoqasidagi ko‘lmakda bir nima ko‘rindi. Hayal o‘tmay, yam-yashil ninachining yarim tanasi balchiqrang, isqirt suv qo‘ng‘izining qornini yorib chiqdi. Haqiqatdan ham jonivorning eryongoqchalik keladigan vujudi juda ham jirkanch edi. Lekin, baribir, meni o‘ziga rom etgan, kamalakdek serjilo ninachilardan ixlosim hech qaytmas edi.


CHUMCHUQ


(O‘zbek xalq ertagi)

CHumchuq uchib ketayotib yo‘ldan bir g‘o‘za topib olibdi. U sevinganidan g‘o‘zani tishlab, shoshilganicha bir kampirning oldiga olib boribdi. G‘o‘zani kampir oldiga tashlab:



  • CHuv; chiy-chiy, — debdi. Kampir g‘o‘zani chuvib beribdi.

CHumchuq paxtani olib boshqa bir kampir oldiga borib:

  • Sava, sav, sav, —debdi. U kampir savab beribdi, so‘ngra chumchuq ola chopon bo‘zchi do‘koni oldiga borib:

  • Ig, ig, ig, to‘q, to‘q! — debdi. Do‘kondor bo‘zchi yigirib, to‘qib beribdi. CHumchuq mashinachi oldiga olib borib:

  • Tik, tik, tik, debdi. Mashinachi uni o‘lchab, chopon tikib beribdi.

Ana endi CHumchuqboy choponni kiyib, podsho o‘rdasiga uchib boribdi. CHumchuq qarasa, podsho tahorat qilayotgan ekan. CHumchuq bir qadam narida turib, podshoga:

  • Mening to‘nim chiroyli, mening to‘nim chiroyli, — debdi. SHunda podsho g‘azabga kelib:

  • Jallod, — debdi. Bosh jallod kelibdi. Podsho:

  • Ana u falakat nima deyapti? O‘ldir uni! — deb baqiribdi. Bosh jallod ham qonli boltasini qulochlab, zarb bilan uribdi.

CHumchuq pirr etib devorga qo‘nibdi. Bosh jallod qarasa, urgan boltasi podshoning yarmini kesib ketibdi. Podsho til tortmay o‘libdi. CHumchuq bo‘lsa, devorda turib, bu hodisani ko‘rib quvonib ketibdi.
SHunday qilib podsho o‘lib, chumchuq murodiga etgan ekan.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling