Болаларни табиат билан таништириш методикаси


BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA OID NAMUNAVIY MASHG‘ULOTLAR KONSPEKTI


Download 2.12 Mb.
bet41/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

Ilova


BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA OID NAMUNAVIY MASHG‘ULOTLAR KONSPEKTI




Mavzu. Tabiat burchagi bilan tanishtirish. (no’ananaviy mashg‘ulot)


Maqsad: Bolalarning tabiat haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Bolalarga tabiat haqida ilk ma’lumotlar berish orqali ularning qalbi va ongiga tabiatga nisbatan qiziqish hamda mehr — muhabbat uyg‘otish. Guruh xonasining tabiat burchagi bilan yaqindan tanishtirish va u erdagi jonli, jonsiz tabiatga munosabatni tarbiyalash.
Kutilayotgan natija: Tabiat burchagidagi xona gullariga, jonivorlarga, jonsiz jismlarga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavjud bilimlari takomillashadi. Ularni parvarishlash ishtiyoqi paydo bo‘ladi.
Zarur jihozlar: Guruh xonasidagi tabiat burchagi. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi tabiat burchagini bolalar kuzatishi uchun qulay va unga qo‘iilgan predmetlar bilan bola bemalol ishlay oladigan xolatda joylashtirishi lozim bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiat burchagiga jalb qiladi. Tarbiyachi: Bu burchakning nomi «Tabiat burchagi».
Tarbiyachi: Bolalar bizni atrofimizni o‘rab turgan tevarak olam — bu tabiatdir. Biz sayrga chiqsak albatta, o‘tlarni, gullarni, daraxtlarni, suvni, quyoshni ko‘ramiz, toza havodan nafas olamiz. Bolalar bizni o‘rab turgan yashil o‘simliklar olami biz nafas olayotgan havoni tozalab turadi. Hozir guruhimizdagi kichkinagina tabiat burchagi ulkan tabiatning bir bo‘lakchasidir. (Burchakdagi gullarni ko‘rsatib) Sizlar ko‘rib turgan mana bu yashil o‘simliklarning nomi nima?(Gullar)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bularning hammasini umumiy nomi — gullar. Ular tuprokda o‘sadi, oziqlanadi, suv ichadi, nafas oladi, gul ochadi, meva tugadi. Demak, ularning ham joni bor, ular ham yashaydilar.
Bolalar, biz bu gullarga suv quyib turishimiz lozim bo‘ladi. qani Ahmadjon sen menga yordamlashib yubor, sen gullarga suv quyasan,
men esa gullarning barglarini artaman. Maftuna bilan nazokat ham menga yordam beradilar. (Bolalar navbati bilan gullarga suv quyishadi va tarbiyachning ko‘rsatmasi bilan gullarning barglarini artib chiqadilar)
Tarbiyachi: Bolalar, mana bu burchakdagi suratda nima tasvirlangan? (Daraxtlar, juda ko‘p daraxtlar).
Tarbiyachi: To‘g‘ri, suratlarda gurkirab o‘sayotgan darxtlar, ularning tagida o‘tloklar, ariklarda oqayotgan suvlarni ko‘rib turibsizlar. Siz ko‘rib turgan narsalarning barchasi manzarasidir. YAshil o‘simlik olamidan tashqari (suratda yana nima tasvi rlangan ? (Osmon))
Tarbiyachi: To‘g‘ri ko‘m —ko‘k musaffo osmon ham albatta tabiatning bir bo‘lagidir. qani, kim menga aytadi, osmonda nimalar uchadi?.(Samolyotlar, vertolyotlar, qushlar).
Tarbiyachi: Barakalla, albatta osmonda qushlar parvoz etadi, bu suratda ham parvozdagi qushlar tasvirlangan. qushlarning juda ko‘p turi bor, qani kim ularning nomlarini aytadi. Bolalar: CHumchuq, to‘tiqush, qarg‘a, qaldirg‘och, musicha... Kim qushlar haqida she’r aytib beradi?.
Qaldirg‘och, g‘och —g‘och, CHiyillamay bola och. Mening sochim jingalak, Pista bilan bodom soch.
Tarbiyachi: Rahmat bolalar qushlarning och qolmasliklari uchun ularni bizlar ham boqishimiz kerak, ularga ham don, non ushoqlari, suv berib tursangiz, sizlarni juda ham yaxshi ko‘rishadi, bog‘chamizga uchib kelishadi, sizlarni ko‘rganlarida xursandchilikdan sayrashadi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling