Bolalarning kun tartibiga gigiyenik talablar


Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlar parvarishi


Download 18.43 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1443290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALARNING KUN TARTIBIGA GIGIYENIK TALABLAR

Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlar parvarishi.
Kechqurun uyqu oldidan tishlarni tashqi - ichki tomonidan tish shyotkasi va pasta bilan tozalash. Tish shyotkasining yo‘nalishi milkdan tishning uchi tomon. Ovqatlanish paytida issiq va sovuq taom, ichimliklarni bir paytning o‘zida ketma-ket iste’mol qilmas-lik. Kun davomida ovqatlanishdan keyin og‘izni iliq suv bilan chayish. Og‘iz shilliq qavatida, milkda, tishlarda og‘riq paydo bo‘lishi bilanoq stomatolog shifokorga murojaat qilish. Yiliga 2 marta stomatologning profilaktik ko‘rigidan o‘tish.
Bolalarning kiyimi va poyabzali gigiyenasi.
Bolalarning kiyimi quyidagi gigiyenik talablarga mos bo‘lishi lozim:
1. Havoni yaxshi o‘tkazishi;
2. Issiqlikni yaxshi o‘tkazishi;
3. Suv va namlikni o‘tkazishi;
4. Elektr statiklik xususiyati.
5. Zararsizlantirish (tozalash) tadbirlarini oson o‘tkazilishi;
6. Silliq bo‘lishi, ya’ni mashg‘ulot paytida sportchining kiyimi ro‘paradan esayotgan shamol qarshiligini silliq o‘tkazib yuborish xususiyatiga ega bo‘lishi.
Kiyimning havo o‘tkazuvchanligi – bu tashqi muhit havosi bilan kiyim ichidagi havo almashinuvidir.
Doimiy ravishda teridan ter suyuqligi ajralib turadi. Jismoniy mashg‘ulot bajarganda esa terning ajralishi ko‘payadi. Ter tarkibida modda almashinuv jarayonida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar, ya’ni mochevina, ammiak, tuzlar, bug‘, gaz bo‘ladi. Ter suyuqligini va unda erigan qoldiq moddalarni tashqi muhitga chiqarilishi, tashqi muhitdan esa toza havoni teri orqali to‘qima a’zolarga o‘tkazilishi me’yorida bo‘lishi uchun kiyim tayyorlangan matolarning havo o‘tkazish xususiyati yaxshi bo‘lishi lozim. Paxta tolasi, jun, tabiiy ipak, kanop gazlamalardan tayyorlangan kiyimlarning havo o‘tka-zuvchanlik xususiyati gigiyenik talabga javob beradi.
Kiyimning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati.
Ob-havo sovuq paytlarida kiyimning tanadagi issiqlikni tashqi muhitga kam o‘tkazishi talab qilinadi. Jun gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar issiqlikni o‘zida saqlab, tashqariga kam o‘tkazadi. Shu bois, ob-havo sovuq paytda jundan tayyorlangan kiyim tavsiya etiladi.
Ob-havo issiq paytida issiqlikni o‘zidan tashqariga yaxshi o‘tkazadigan, ya’ni paxta tolasidan tayyorlangan gazlamalaridan tikilgan kiyimlar tavsiya etiladi.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling