Bolalarning kun tartibiga gigiyenik talablar


Download 18.43 Kb.
bet6/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1443290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALARNING KUN TARTIBIGA GIGIYENIK TALABLAR

Bolalarning poyabzali.
Bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan poyabzali quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak:
1. Poyabzal oyoq tovonlarida haroratni doimo bir xilda bo‘lishini ta’minlashi lozim. Buning uchun uning issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lishi kerak.
2. Poyabzal oyoq tovonlarida namlikni saqlamasligi kerak. Buning uchun poyabzalning havo o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lishi kerak.
3. Poyabzal ter suyuqligini, ya’ni o‘zida namlikni saqlamaydigan (gigroskopligi yaxshi) bo‘lishi talab qilinadi.
4. Poyabzal tashqaridagi namlikni ichkariga o‘tkazmaydigan oyoq tovonlarini namlikdan, ya’ni sovuq ta’siridan himoya qiladigan xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
5. Poyabzal oyoq tovoni terisini shilinishdan, qadoq paydo bo‘lishidan, yassi tovonlikning yuzaga kelishidan saqlashi kerak;
6. Poyabzal oyoqqa loyiq bo‘lishi, oyoq uchlari va tovonni ishqalanishi, qisilishi, qirilishi, shilinishidan asrashi kerak;
7. Poyabzal oyoqni har tomondan suyab turishi, egilishi-bukilishi yaxshi bo‘lishi lozim;
8. Charmdan tayyorlangan sport poyabzali gigiyenik jihatdan sifatli hisoblanadi.
9. Sport poyabzalining issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘p jihatdan paypoq sifatiga bog‘liq. Jun va ip paypoq issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.
Havoning sovuq paytlarida jun va ip paypoqni birgalikda ikki qavat qilib kiyish tavsiya etiladi.
10. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida rezinadan tayyorlangan poyabzal kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki, u havoni yaxshi o‘tkazmaydi, oyoqlarni terlatadi va sportchining funksional imkonini pasaytiradi.

Adabiyotlar ro‘yxati:




1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling