Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km


Download 176.4 Kb.
bet2/8
Sana12.10.2023
Hajmi176.4 Kb.
#1699696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9

Arktika sahrolari. Arktika sahrolarining tabiiy sharoiti juda og‘ir bo‘lganligi sababli o‘simliklar yaxshi rivojlanmagan va ular bir-biridan ajralgan holda to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Bu yerda o‘simliklar turi juda kam bo‘lib, Frans Iosif Yerida 40 turga yaqin, Severnaya Zemlyada 50 turga yaqin va h.k. Gulli o‘simliklarning turi 40 tadan oshmaydi. Arktika sahrolariga Arktika orollaridan tashqari materikning eng shimoliy qismi bo‘lgan Taymir yarim oroli ham qaraydi. Bu o‘simlik zonasida mox va lishayniklardan tashqari qutb lolasi, alp mushukquyrug‘i, qiyoqlar, bo‘tako‘zlar, arktika-alp butachalari uchraydi. Arktika sahrolarida provinsial tafovutlar ham sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi. O‘simlik zonasining iqlimi namroq bo‘lgan g‘arbda gulli o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etsa, quruqroq iklimli sharqqa tomon borgan sari driada va mox o‘simliklar guruhining roli orta boradi. Arktika sahrolarining Osiyo sektoridagi ochiq yerlar Yevropa sektoriga nisbatan o‘simliklar bilan ko‘proq qoplangan. Bu esa iqlimning provinsial o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
Tundra. Arktika sahrolaridan janubda, materikning Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlari bo‘ylab tundra o‘simlik tipi tarqalgan. Uning tarkibida moxlar, liщayniklar, butachalar va qisman butalar yetakchi rol o‘ynaydi. Tundra o‘simliklarining yaxshi rivojlanishi uchun issiqlik yetishmaydi. Ular asosan yer bag‘rlab o‘sadi, bu esa o‘simliklarga tuproqdagi issiqlik va namdan yaxshi foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun tundra o‘simliklarining bolishsimon va stlannik (yer bag‘rlab o‘suvchi) shakllari keng tarqalgan. Tundrada ko‘pincha ko‘p yillik o‘simliklar o‘sadi, ularning aksariyati (brusnika, klyukva, kassandra, bagulnik, golubika va boshqalar) doimiy yashil butachalardir. Buta o‘simliklaridan pakana qayin, qutb toli va boshqalar uchraydi. Tundrada doimiy yashil butalar va gulli o‘simliklar bilan bir qatorda lishayniklar ham keng tarqalgan. Bular alektoriya, setrariya, klyadoniya, bug‘u lishaynigi (yagel) va boshqalar. Yagel shimol bug‘usi eng sevib yeydigan ozuqadir. Tundra o‘simlik tipi uchta tipchadan: shimolda arktika tundrasi, o‘rta polosada tipik tundra va janubda butazorli tundradan tashkil toptan. Tundra o‘simliklari shimol bug‘ulari uchun yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Eng yaxshi yaylov yagelli tundra hisoblanadi.
O‘rmon-tundra. Tundra va o‘rmon o‘simlik tiplari oralig‘idagi o‘tkinchi tor polosada o‘rmon-tundra joylashgan. Bu zonada bir vaqtning o‘zida ham o‘rmonlar, ham tundra o‘simliklar guruhi uchraydi. O‘rmon-tundradagi o‘rmonlar o‘ziga xos harakterga ega bo‘lib, ular siyrak, qing‘ir-qiyshiq, uncha baland emas, daraxtlar bir-biridan ancha uzoqda o‘sadi. Daraxtlarning ildizlari chuqurga kirib bormagan, ular tuproqning quyosh isitadigan eng yuqori katlamida, yon-atrofga tarqalib joylashgan. Shuning uchun ham daraxtlar juda siyrak bo‘lib, bir-biriga yaqin o‘sa olmaydi. Yorug‘ siyrak daraxtlar to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Botqoqlangan yerlarda qalin torf katlamlarini vujudga keltiradigan sfagn yo‘sinlari keng tarqalgan. O‘rmon-tundra shimol bug‘ularini boqishda qishki yaylov sifatida keng foydalaniladi.

Download 176.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling