Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km
Tundra va o‘rmonlarning o‘zaro munosabatlari
Download 176.4 Kb.
|
9
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rmonlar zonasi.
Tundra va o‘rmonlarning o‘zaro munosabatlari. Tundra va o‘rmonlar juda murakkab dinamik rivojlanish xususiyatlariga ega. Bu to‘g‘rida geograf va biolog olimlar tomonidan bir qator fikr va mulohazalar bayon etilgan. L.S.Bergning ta’kidlashicha iqlimning sovushi tufayli tabiatda tundraning o‘rmonlarga bostirib kelishi sodir bo‘lgan. G.I.Tanfilev bunday hodisani iqlimni sovushi bilan emas, balki boshqa omil bilan bog‘laydi. Uning fikricha o‘rmonlarning chekkalarida qishda qalin qor uyumlari to‘planib qolib, ularning bahorda erishi tuproqlarni botqoqlantirib, daraxtlarni halokatta olib keladi. V.R.Vilyams tundra va o‘rmonlarning o‘zaro munosabatini va ularning bir-biriga bostirib borishini boshkacha tahlil qiladi. Uning g‘oyasiga ko‘ra vakt o‘tishi bilan iqlimning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda yosh tundra landshaftlari evolyusion yo‘l bilan o‘rmon landshaftlariga aylanadi.
F.N.Milkovning fikricha o‘rmon-tundra sharoitida ikki xil flora kompleksi - tundra va o‘rmon o‘simliklarini bir-biriga bostirib kelishida yangi tektonik omil ham katta rol o‘ynaydi. Yangi tektonik harakatlar natijasida cho‘kish sodir bo‘layotgan pastlik joylarda botqoqlanish jarayoni kuchayib, o‘rmon o‘simliklarini o‘sish sharoitini qiyinlashtiradi. Bunday uchastkalarda botqoqli tundralar rivojlanib, o‘rmonlarga bostirib kela boshlaydi. Faol ko‘tarilayotgan joylarda aksincha, botqoqlanish jarayoni kuchsizlanadi, o‘rmonlarni o‘sishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu esa o‘rmonlarni tundraga bostirib kirishiga imkoniyat yaratadi. O‘rmon-tundra zonasida o‘rmonlarning maydonini qisqarib ketishiga antropogen omil ham sabab bo‘lgan. Shuning uchun o‘rmonlarning shimol tomon kirib borishi, bu birinchi navbatda sun’iy o‘rmonsizlashtirilgan yerlarni o‘rmonlar tomonidan o‘zlashtirib olinishidir. O‘rmonlar zonasi. Tabiatga inson xo‘jalik faoliyatining ta’sir doirasi kuchaymasdan oldin Yer yuzida o‘rmonlarning umumiy maydoni 7,5 mlrd. ga atrofida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda esa ularning maydoni 3,26 mlrd. ga ni tashkil etadi. Shundan qariyb yarmiga yaqini Yevrosiyo o‘rmonlariga to‘g‘ri keladi. O‘rmonlar zonasi zonal farqlariga ko‘ra shimoldan janubga tomon tayga, aralash o‘rmonlar va keng bargli o‘rmonlar zonachalariga bo‘linadi. O‘rmon massivlarining asosiy maydoni tekisliklarda va nisbatan kamroq maydoni tog‘li o‘lkalarda joylashgan. Tayga. Bu o‘simlik zonachasida asosan igna bargli o‘rmonlar - tilog‘ochlar, karag‘aylar va yellar hukmronlik qiladi. Fennoskandiya taygasida Yevropa yeli, Sharqiy Yevropa taygasida Yevropa va Sibir yeli, karag‘ay, uning shimoli-sharqida Sibir pixtasi, Sukachyov tilog‘ochi, Sibir kedri ko‘pchilikni tashkil etadi. Sibir taygasida o‘rmon hosil qiluvchi asosiy daraxtlar yel, Sibir pixtasi, qarag‘ay, Sibir va Dauriya tilog‘ochi, kedr va oq qarag‘aylardir. Bu daraxtlarning geografik tarqalishiga iqlim sharoiti bilan bir qatorda tabiatning butun tabiiy-tarixiy rivojlanish jarayoni ham ta’sir etgan. Sibir qarag‘ayi Sharqiy Yevropa taygasining barcha qismida uchraydi. Yevropa qarag‘ayi Fennoskandiyadan boshlab, sharqda Qozon atrofigacha boradi. Sukachyov tilog‘ochi g‘arbda Oq dengiz va Onega ko‘li sohillarigacha, Sibir pixtasi Suxona daryosining boshlanish joylariga qadar tarqalgan. Dauriya tilog‘ochi Yeniseydan sharq tomonda yirik o‘rmon massivlarini tashkil etadi. Uning ildiz tizimi ko‘p yillik muzloqlar ustida gorizontal ravishda yotadi. Sharqiy Sibirda kedr daraxti keng tarqalgan bo‘lib, u Sharqiy Yevropada Pechora havzasining g‘arbiy qismigacha boradi. Uzok Sharq taygasida Oxota florasiga xos bo‘lgan Ayan yeli, Bolqon yarim orolida o‘sadigan yelga o‘xshash po‘stloqli pixta, toshqayin uchraydi. Download 176.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling