Bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km


Download 176.4 Kb.
bet4/8
Sana12.10.2023
Hajmi176.4 Kb.
#1699696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9

Aralash o‘rmonlar. Taygadan janubda aralash o‘rmonlar zanachasi joylashgan bo‘lib, ular materikning g‘arbiy va sharqiy chekka qismlarida, okeanyoni sektorlarida, namlik yetarli bo‘lgan mo‘tadil iqlim sharoitida vujudga kelgan. Aralash o‘rmonlar igna bargli, mayda bargli va keng bargli daraxtlardan tashkil topgan. Sharqiy Yevropa tekisligi aralash o‘rmonlarida keng bargli daraxtlardan eman, buk, lipa, zarang, grab, qayrag‘och, shumtol, paleogen davridan qolgan relikt tiss, Poleseda Pontiy azaliyasi - sariq rododendron, daryolarning eski o‘zanlarida suv yong‘og‘i o‘sadi. Aralash o‘rmonlar igna bargli o‘rmonlarga nisbatan o‘simlik turlarining xilma-xilligi, murakkabligi va ko‘p yarusligi bilan farq qiladi. Bu yerda keng bargli daraxtlar bilan birga uchraydigan butalardan o‘rmon yong‘og‘i ko‘p uchraydi va yong‘oqzorlar hosil kiladi. Aralash o‘rmonlarda soyaga chidamli o‘t o‘simliklari xam ko‘p o‘sadi. Ayniqsa o‘rmon yaltirboshi, o‘rmon kaltaoyog‘i, tulki qiyoq, o‘rmon qiyog‘i, oyboldirg‘on, hidli qiziltomir kabi o‘tlar keng tarqalgan.
Uzok Sharq aralash o‘rmonlari Yevropa aralash o‘rmonlariga nisbatan turlarga juda boy. Bu yerda o‘simliklarning 1800 ga yakin turi, shu jumladan 200 ga yaqin endemik turlar mavjud. Uzoq Sharq o‘rmonlari tarkibida muzlik davrida kelib qolgan boreal o‘simlik turlaridan tashqari paleogen davridan saqlanib qolgan o‘simliklar ham bor. Bu yerda chirmoviq (liana) larning 15 turi o‘sadi, paporotnik (qirqquloq) larning turi esa nihoyatda xilma-xil. Uzok Sharq aralash o‘rmonlari Koreya kedri, Koreya yeli, Manjuriya yong‘og‘i, Manjuriya zarangi, Amur lipasi, Sibir pixtasi, Sibir kedri, oq po‘stli pixta, Sibir va Dauriya tilog‘ochidan tarkib topgan. O‘rmonlarning ikkinchi yarusida grab, qayrag‘och, Amur sireni, Manjuriya araliyasi, nok, yovvoyi qalampir o‘sadi. Suv o‘simliklari orasida nilufar (lotos), qizil rangli brazeniya, ko‘k binafsha rang evrialiya, suv yong‘og‘i o‘sadi. Bular relikt o‘simliklar hisoblanadi.
Keng bargli o‘rmonlar. Aralash o‘rmonlar janubga va g‘arbga tomon keng bargli o‘rmonlar bilan almashinadi. Ular o‘simlik turlarining tarkibiga ko‘ra eman-qayinzorli, emanzorli, bukzorli va buk - qayinzorli tiplarga bo‘linadi. Keng bargli o‘rmonlar G‘arbiy Yevropada hukmronlik qiluvchi tabiiy o‘simlik tipi hisoblanadi. Sharqiy Yevropa tekisligida keng bargli daraxtlarning geografik tarqalishi birmuncha chegaralangan. ­­G‘arbdan sharqqa qarab keng bargli o‘rmonlarning keskin kamayib borishi iklimning kontinentalligini oshib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Keng bargli o‘rmonlarning tur tarkibida qadimiy to‘rg‘ay florasining elementlari ko‘p uchraydi. Hozirgi keng bargli o‘rmonlar ham to‘rg‘ay florasiga o‘xshab iliq mo‘tadil okean iqlim sharoitida o‘sadi va rivoj topadi.
Bir vaqtlar keng bargli o‘rmonlar Fransiyaning Atlantika okeani sohillaridan va Britaniya orollaridan Karpat tog‘lari va Visla daryosigacha bo‘lgan hududlarni qoplab olgan. Ular faqat tekisliklarda keng tarkalib qolmasdan, balki tog‘ yon bag‘rlari bo‘ylab dengiz satxidan bir necha yuz metr balandlikkacha ham ko‘tarilgan. Emanzorli keng bargli o‘rmonlar butun Buyuk Britaniyani va G‘arbiy Fransiyani, bukzorlar va eman-bukzor o‘rmonlar Shimoliy Fransiya, Yutlandiya, Skandinaviyaning janubini va Boltiq dengizining janubiy sohillarini egallab olgan. Bu joylarning asosiy o‘rmon hosil qiluvchi o‘rmon turi Yevropa buki hisoblanadi. Buk tipik dengiz iqlimi daraxtidir. Eman esa Yevropaning g‘arbiy va sharqiy rayonlarida bemalol o‘saveradi.
Hozirgi vaqtda G‘arbiy Yevropa mo‘tadil mintaqasining 25% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Keng bargli o‘rmonlarning katta qismi ikkilamchi past bo‘yli daraxtlar bilan almashingan. Bu yerdagi ikkilamchi antropogen o‘rmonlar orasida igna bargli daraxtlar-yel, pixta, oddiy qarag‘ay, dengiz- bo‘yi qarag‘ayi ko‘p uchraydi. Shunday qilib, keyingi yillarda Yevropada keng bargli o‘rmonlarning maydoni keskin qisqaribgina qolmasdan, balki ularning o‘rnida va tarkibida igna bargli daraxtlar turi ham oshib bormoqda. Agarda Parij havzasi, Markaziy Yevropa, Germaniya hududlaridagi keng bargli o‘rmonlarga nazar tashlasangiz, ular haqiqiy keng bargli o‘rmonlarni emas, balki aralash (keng bargli-igna bargli) o‘rmonlarni eslatadi.

Download 176.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling