Bo`limning nomi Xajmi, sahifalarda


Download 1.42 Mb.
bet3/20
Sana15.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1479912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Diplom ishi (2) asaka don33333

Qumushlagich
Qumushlagich ifloslangan suvlar tarkibidagi erimagan mineral moddalar, ya’ni qumlarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi va tindirgichdan oldin qo‘yiladi. Qumushlagichni tindirgichdan oldin qo‘yilishiga sabab, tindirgichda mineral va organik moddalar ajratilishi qiyinligi, metantenkada cho‘kmalarning achishi jarayonining pasayishiga olib keladi. Qumushlagich ifloslangan suvlar sarfi 100 m sutkadan ortiq bo'lganda qo‘yiladi. Qumushlagichning ishlash jarayoni suvning solishtirma og‘irligiga nisbatan og‘ir bo‘lgan zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’siriga, ya’ni zarrachalarning bir-birini tortish kuchiga asoslangan bo‘lib, suvning oqimi bilan harakati natijasida rezervuar tagiga cho‘kadi. Qumushlagichda ifloslangan suvlar shunday tezlikka hisoblanishi kerakki, unda ifloslangan suvlar tarkibidagi faqat mineral moddalar cho‘kishi lozim. Umuman, qumushlagich 0,2 -0,25 mm va undan katta qumlarni ushlashga mo‘ljallanganligi uchun qumushlashgichdagi suvning harakat tezligi 0,3 m/s dan katta va 0,15 m/s dan kichik bo‘lmasligi kerak. Chunki suvlar harakatining tezligi 0,3 m/s dan oshsa, qumushlagichda qumlar cho‘kishga ulgurmaydi, 0,15 m/s dan kamaysa, kerak bo‘lmagan organik moddalar aralashmalari cho‘kadi. Ifloslangan suvlarning qumushlagichda turish vaqti suvning oqish harakatiga bog‘liq. Qumushlagichda suvning oqimi gorizontal, to‘g‘ri chiziqli yoki aylanma bo‘ladi. Vertikal qumushlagichda suvning oqimi inshoot tagidan yuqoriga qarab va vint yo‘nalishi bo‘yicha oqishi hamda havoli bolishi mumkin.
Biologik
Biologik havza-sun’iy yoi bilan barpo etilgan havza bo‘lib, texnik suvlarni biologik tozalash, havzadagi suvlarning o‘z-o‘zini tozalash jarayoniga asoslangan. Biologik havzalar, qachonki yaxshi filtrlovchi yerlar bo‘lmaganda, ya’ni filtrlash va sug‘orish maydonlari o‘rniga quriladi. Biologik havzalar o‘zi mustaqil yoki oxirigacha tozalash inshooti sifatida boshqa inshootlar bilan birgalikda quriladi. Biologik havza IV iqlimiy zonalarda yil davomida, II, III iqlimiy zonalarda yilning issiq davrida ishlaydi, ya’ni havoning harorati +6°C dan kam bo‘lmaganda ishlaydi. Shuning uchun bu usul joyning o‘rta qismida 4-5 oy, janubiy tumanlarda 7-8 oy davomida ishlaydi. Havzaning chuqurligi 0,5 dan 1 metrgacha bo‘ladi, bu esa havzadagi suv bilan havoning tutashishinini, suvning hamma qatlamlari isishini va yaxshi aralashini ta’minlaydi. Biologik havza oqova suvlarni bakteriologik o‘z-o‘zini tozalashda sun’iy biologik tozalash inshootlariga nisbatan yuqori samara beradi. Asosan ichburug1 kasalliklar keltiruvchi qalamchalar soni 95,9% -99,9% kamayadi. Biologik havzalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) suv qo‘shiladigan havza (baliqchilik uchun);
2) suv qo‘shilmaydigan havza (ko‘p pog‘onali);
3) havza oqova suvlarni oxirigacha tozalash uchun.
Birinchi ko‘rinishdagi havzada oqova suvlar mexanik usulda tozalanganidan keyin, daryo suvi bilan 1:3-1:5 hisobida 120 aralashtiriladi va bir pog‘onali havzaga yuboriladi. Bu yerda oqova suvlar tarkibidagi organik moddalarning oksidlanish jarayoni sodir bo‘ladi. Har bir havzaning maydoni 0,5-7,0 ga, oqova suv yuklamasi 125-300 m3/ (ga, sut), suvning turish vaqti 8-12 sutka va havza baliq ko‘paytirish uchun ishlatiladi. Ikkinchi ko‘rinishdagi havzada oqova suvlar mexanik usulda tozalangandan keyin, biologik havzaga suv aralashtirilmay yuboriladi. Bunday havzalarda oqova suvlarni tozalash davri 30 kun, yuklamasi 125-150 m3/(ga, sut). Ifloslangan chiqindi suvlarni kerakli darajada tozalashga erishish uchun havzalar 4-5 pog‘onali bo‘ladi. Har bir havzaning maydoni 2-2,5 ga bo‘ladi, pastki pog‘onalarda baliq ko‘paytirish mumkin. Uchinchi ko‘rinishdagi havzalar texnik suvlarni to‘liq tozalash uchun qo'llaniladi, ya’ni ifloslangan chiqindi suvlar mexanik va biologik tozalash usullarida tozalanganidan keyin yuboriladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling