Bo`limning nomi Xajmi, sahifalarda


Download 1.42 Mb.
bet4/20
Sana15.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1479912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Diplom ishi (2) asaka don33333

Aerotenka
Aerotenka-temirbeton rezervuarlardan iborat bo‘lib, undaifloslangan suvni, faol loyqa va havo aralashmalarining asta-sekin oqishi natijasida aeratsiyaga uchraydigan inshootdir. Faol cho‘kma parcha-parcha, juda ko‘p aerobli mikroorganizmlardan iborat bo‘lib, kislorod yordamida oqova suvlardagi organik iflosliklarni mineralizatsiyalashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aerotenkada ifloslangan suvlarning tozalash jarayoni ifloslangan suv bilan faol cho‘kmani aralashtirish va aerotenkaning tubidan uzunligi bo'yicha to‘xtovsiz havo berish natijasida hosil bo‘ladi. Aerotenkaning ishlashi organik moddalarni biokimyoviy oksidlash jarayoniga asoslangan bo‘lib, asosiy vazifani faol loyqa bajaradi. Ifloslanga chiqindi suv bilan faol loyqaning oksidlanishi quyidagicha: NH3 + 0 2 -* HN02 + 0 2 HN03. Aerotenkada texnik suvlar bilan faol loyqalar 6-8 soat birga turishi natijasida organik moddalar ajraladi, ya’ni nitrifikatsiya jarayoni ro‘y beradi. Chiqindi suvlar aerotenkadan keyin ikkilamchi tindirgichga o‘tadi. Aerotenkalarni quyidagi belgilar bo'yicha sinflanadi:
1) Havo berish turi bo'yicha-(havo bilan) pnevmatik, mexanik va aralash; 2)Tuzilishi bo'yicha-to‘g‘ri burchakli, aylanma, aralash, qarshi oqimli va boshqalar; 3) Pog'onalar soni bo'yicha-bir, ikki va ko'p pog'onali;
4) Faol cho'kmani qayta tiklash (regeneratsiya ) usuli bo'yicha:
a) aerotenka regeneratori alohida qurilgan
b) aerotenka regenerator bilan birga qurilgan
d) aerotenka regeneratorsiz
Aerotenkalarning turlarini oqova suvlarning sarfiga, iflosliklar qiymatiga va tozalashning sifat ko'rsatkichiga bog'liq holda tanlanadi. Chiqindi suvlar aerotenkadan keyin faol cho'kmalar aralashmasi bilan ikkilamchi tindirgichga yuboriladi. Ikkilamchi tindirgichda faol cho'kmalar tindiriladi va regenerator bor bo'lganda ular Aerotenka regeneratorga yuboriladi. Bu yerda qiyin oksidlanadigan moddalar oksidlanadi va cho‘kmaning faollik xususiyati tiklanadi. Aerotenkada faol cho‘kmalarning konsentratsiyasi katta bo‘ladi, ikkilamchi tindirgichga esa konsentratsiyasi uncha katta bo‘lmagan faol cho‘kmalar tushadi. Shuning uchun faol cho‘kmalarning cho‘kish qobiliyati yaxshi boiadi. Regeneratorli aerotenkalar, asosan, kommunal xo‘jaligi va sanoat ifloslangan suvlari birga tozalanganda va ifloslangan suvlarning KBBT (KBBTsi)= 150 mg// dan katta bo‘lganda qo‘llaniladi. Regeneratorning hajmi aerotenkaning 25­ 50% hajmi sifatida olinadi va uning ko‘rinishi aerotenkanikidan farq qilmaydi. Regeneratorli aerotenka qo‘llanilganda aerotenkaning hajmi 10-15% kamayadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling