Book · May 004 citations reads 820 author


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1645702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AshuraliZohiriy

Ashurali Zohiriy
ADABIY TIL 
Bundan bu yoqqa o‘zbak adabiy tilini muqarrar qilib qo‘ymoq uchun tilimizni uchga 
bo‘lish mumkin: 
1. Jonli til. 2. Adabiy til. 3.Iilmiy til. 
Adabiy til bilan ilmiy til o‘rtasida uncha farq bo‘lmasa ham, jonli til bilan adabiy til 
orasida (o‘sish va taraqqiy jihatidan) ancha farq bor. 
Ko‘b yozuvlar, aloqalar, kitob, gazeta va jurnallar adabiy til (normativnaya — qoidaviy 
usul) bilan bo‘lg‘oni uchun u juda muhofazakor, tez o‘zgaradurg‘on emas. Ammo jonli til 
(so‘zlash tili — xalq adabiyoti) juda tez sur'at bilan o‘zgaradur. Zotan, «jonli til» deyilishining 
sababi ham shudur. 
Jonli tilning ham o‘ziga maxsus ko‘b qiymatli asarlari bordurkim, ularning barchasig‘a 
«xalq adabiyoti» deyilur. Bu (xalq adabiyoti) — adabiy va ilmiy tilning asosidur. Asl tabiiy til — 
so‘zlanaturg‘on til, xalq tilidur. 
O‘aqiqat shundoq bo‘lg‘oni holda, XV asrdan inqilobg‘acha bo‘lg‘on davrda xalqning 
so‘zlashaturg‘on tili adiblar tomonidan qo‘pol til, ko‘cha tili sanalib, adabiy tilni ung‘a 
yaqinlashdirish — kamchilik, xalq tilida yozishliq — qo‘polliq, deb e'tiqod etilgan. Arabcha, 
forscha lug‘atlarni tiqishtirish bilan qonoatlanmasdan, hatto tarkiblarni ham arabcha, forscha 
qilg‘onlar. 
Demak, arab, fors tillari nahviy yoqdan ham tilimizga ta'sir qilg‘on. Shuning uchun 
chig‘atoy (o‘zbak) adabiyoti usmonli adabiyoti singari xalqdan uzoqlasha boshlag‘on. Oddiy xalq 
uni anglay olmag‘on. Uni bori o‘qumishli, ziyoli sinf anglay oladurg‘on bo‘lg‘on. 
Misol uchun: vahiy nozil bo‘ldi yohu diyorning payg‘omidurkim, g‘amim taskini 
g‘amgin xotirin oromidur, chillai kofur ayla mushkin raqamkim aylamish go‘yyo subhi saodat 
uzra davlat shomidur (Pirmuhammadjon yozgan maktubdan). 
Mana shu ravishda kelayotgan adabiyot aristokratligi inqilob orqasida tabiiy holda 
ommaviylasha boshladi. 
Bizdan madaniyrak xalqlarning til va adabiyoti — xalq tili va adabiyoti asosiQa qurilg‘on 
va meva bergan. Bir zamonda, yangi madaniyat (prolitor madaniyati) qurmoqqa boshlag‘on bizlar 
uchun adabiy til asosi mutlaqo jonli til (xalq adabiyoti) bo‘lishi kerak. 


Bu sohada hozirg‘i (inqilobdan keyingi) adabiyotimiz anchagina muvaffaqiyatlar 
qozonQon va xalqqa yaqinlashg‘on bo‘lsa-da, adabiy til birligida boshvoqsizliq va bir yoqadan 
bosh chiqarmasliq bor. Eski adabiyotimizda bo‘lg‘on singari, hozirda ham mahalliychilik davom 
etkani ko‘rinadi. Shuning uchun albatta, o‘zbak shevalaridan birini asos qilib olish kerak. 
Adabiyotimizning asosi jonli til (xalq adabiyoti) bo‘lishi lozim, dedik. Shundoq bo‘lg‘och, 
men Farg‘ona (vodiysi) shevasini taqdim etsam, xato qilmag‘on bo‘lurmen. 
Bunda «qo‘ng‘uz oppog‘im», «kirpi yumshog‘im»dur degandak bo‘ldi, deb mendan 
kulmasdan, balki so‘zimni quvvatlaydurg‘onlar ko‘brak bo‘lur. Chunki bu kungi o‘zbak 
adabiyotining (bosma so‘zining) tili (undag‘i ba'zi bir mahalliychilikni e'tiborg‘a olmag‘onimizda) 
Farg‘ona shevasining o‘zidur. Shevaning o‘zi bosma so‘zni va uning tevaragidagi omillarni tabiiy 
ravishda o‘ziga tortg‘on. 
Endi biz uning ichiga boshvoqsizliq yoki mahalliychilik ta'siri ostida kirib qolg‘on va 
qoladurg‘on so‘zlar to‘g‘risida bir fikrga kelib olsaq, ham yana tag‘in soddalashtirish, xalqqa 
yaqinlatish, ishchi, dehqon ommasi ichidan oling‘on so‘zlar bilan boyitish chorasini ko‘rsak, 
bo‘ldi. 
Bu so‘z — uzun dalil, alla qoncha misollar ko‘rsatishga hojat ko‘rilmay, qisqa qilib 
aytilgan so‘z. 
ATAMALAR TO‘G‘RISIDA 
Birinchi turkiyotchilar qurultoyi alifbe masalasining orqasidanoq atamalar masalasini 
ko‘rdi. Bu to‘Qrida alla qoncha ma'ruza va muzokaralardan keyin 13 moddadan iborat qaror 
chiqardi. 
Demak, yangi alifbe biz uchun (Sho‘rolar ittifoqidag‘i turk-totorlar uchun) qoncha zarur 
va qoncha ahamiyatga ega bo‘lsa, atamalar tuzish ham uni barchag‘a tutqich qilib nashr etish 
undan qolishmaydurg‘on muhim va zarur. 
Bu – bundan ortiq kechiktirib bo‘lmaydurg‘on masalalarning biridur. Chunki, 
atamalarning ikki taraflama ahamiyati bor: biri — ilmiy tomon, ikkinchisi — ta'limiy tomon. 
Endi masalaning ichki tomonig‘a kirishganimizda, mana bundoq holni ko‘ramiz: 
Har bir jonli til (xalq adabiyoti)da to‘xtamasdan, tabiiy ravishda, asta-sekin taraqqiy etishlik bor. 
Turmush borg‘on sayin ko‘brak yangi atamalar talab qiladi. Agar bundoq so‘zlar u tilda topilmasa, 
boshqa tillar ovro‘pocha, arabcha, forsiychadan olmoqqa kishi majbur bo‘ladur. 
Agar ajnabiy so‘zlar olinavursa, tilda sofliq bita-bita, sal yilning ichida boshqa so‘zlar 
u tilni qoplab, tanimasliq holga keltiradi va yutadi.
Endi nima qilish kerak? 
Turk tili, shu jumladan, o‘zbak tilida asos buyuruqdur. Shuning uchun undan har xil 
shakllar yasash mumkin. Shundoq xususiyat va boy materyolg‘a ega bo‘lg‘on tilga boshqa 
so‘zlarni ko‘r-ko‘rona olavurish yaramaydi. ¤z tilimizning boylig‘idan foydalanayiq va uni xor-
xas bosishdan saqlayiq. 
Bir xil narsalarni atamoqqa tayyor so‘z topilmag‘onda, adabiy tilimizning suyimliligini 
saqlamoq uchun hammadan foydali yo‘l shukim: samovar, telefun, telegraf, aftamabil, paroxut, 
zovut, fabrik singari umumlashib ketgan so‘zlarni o‘z holiga qo‘yib berib, «o‘txona» (parovoz); 
«sim chirog‘» (elektrichestvo) singari yarimi o‘zbakcha, yarimi forsiycha, hatto, ikki, uch so‘z 
bilan bo‘lsa ham o‘z tilimizdan atamalar yasayiq. «Qurultoy», «bilik» singari (eski so‘zlar bo‘lsa 
ham xalq anglaydurg‘on) so‘zlardan atamalar yasayiq. Masalan: 
Geografiya 
yer biligi — yer biligi 
Zemlevedenie — yer biligi
Astronomiya — yulduz biligi. 
Gidrologiya — suv biligi 
Gidrografiya — suv biligi. 
Petrografiya — tosh biligi. 


Aerografiya — havo biligi 
Minerologiya — ma'dan biligi. 
Botanika 
— o‘simlik biligi. 
Agronom 
— 
ekin bilgich. 
Zemlemer — chinavchi va shunga o‘xshash so‘zlar. 
Yana xalq jonli tilidan: boshqarma (idora), boshliq (rais), mucha (a'zo), boyliq (kapital) 
singari atamalar yasayiq. 
Ilmi tashrih ham tib uchun qassob, sollox, hayvon pichguchi im-tumchilardan, agranumlik 
ham nabotot uchun yaxshi «dehqon ashraf», bog‘bon ham payvandchilardan, hayvonot to‘g‘risida 
chorvachi, ovchi ham baliqchilardan ko‘p materiyol to‘plash mumkin. 
Kimyo, fizika, matematika, umuman, maktab darsliklari atamalari to‘g‘risida 
turkiyotchilar quriltoyining qarorig‘a muvofiq yo‘l tutish lozim. Ammo: motor, dinamo, volt, 
amper, radio, metr, sidikat, trest singari ham sotsializm, marksizm, leninizm singari umumiy 
siyosiy va falsafiy atamalar;
abdasta, aftoma, kafgir, kosa, darvish, kambag‘al, qog‘oz, siyoh, non, go‘sht, sabzi, 
hunar, meva singari o‘zlashib ketgan forsiycha so‘zlar;
maktab, kitob, qalam, aql, zehn, e'tibor, mehnat, zulm, xabar, davlat, hukumat, umr, kosib, 
tarbiya, sur'at, masala, harakat, ijara, qabul, ixtiyor singari ommalashib ketgan arabcha so‘zlar 
o‘rinlarida qoldiriladur. 
Lekin, qondoq so‘z bo‘lmasun, uni tarjima bilanmi o‘zbaklashtirish mumkin ekan, o‘rnida 
qoldirish (iste'mol etish) yaramaydur. 
Oxirg‘i taklif etib shuni aytaman: atamalar tuzish ishi — o‘qush asboblari (nagladnaya 
posobiya) singari har yerda ishlatib keltirsa bo‘lavuradurg‘on narsa emas, uni boshqa birov ishlab 
bera olmaydi. U faqat o‘z ichimizdagi til bilarmonlar tomonidan ishlanadi. Shuning uchun: 
1. Maorif kamissarligi oldida (Ilmiy markaz huzurida) maxsus atama komissiyasi tuzilsun. 
U komissiya va uning qaramog‘idag‘i maxsus kishilar ishchi rayonlari, qishloqlarg‘a tez-tez chiqib 
tursun, ular orasidan so‘zlar oqtarsun. 
Bu komissiya, ittifoqimizdag‘i turk-totar jumhuriyatlaridagi shundoq komissiyalar bilan 
(agar bo‘lsa) aloqada bo‘lib, ularning yiqg‘on materiyollaridan ham foydalansun. 
2. Xalqqa yaqin adabiyot tug‘dirishqa yordam beradurg‘on narsa — xalq jonli tili
lug‘atini (Vladimir Dalning lug‘atiga o‘xshash) chiqarishdur. Shuning uchun bu ishga hozirdan 
boshlab kirishilsun
1

Bundoq lug‘atni tuzishda ongli qishloq muallimlari, VUZ talabalari, ongli ishchilar ancha 
yordam bera olarlar. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling