Book · May 004 citations reads 820 author


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1645702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AshuraliZohiriy

IMLO TO‘G‘RISIDA 
 
Profesur Afanasevning aytishicha, rus imlosi besh asosqa qurilg‘on: 
1) Savtiy (foneticheskiy), 
2) Shakliy (morfologicheskiy), 
3) Tarixiy-an'anaviy, 
4) Chet so‘zlarini yozmoq asosi, 
5) Ayrilma asosi. 
Bizda esa inqilobg‘acha tarixiy-an'anaviy ham chet so‘zlarni yozmoq asosi qo‘llang‘on. 
Ya'ni: o‘zbakcha so‘zlarda eski Navoiy va undan ilgarigi kitoblardag‘i imlo nusxasi mahkam 
ushlanib, chet (arabcha, forsiycha) so‘zlar va ularda qondoq yozilg‘on bo‘lsa, bizda ham 
o‘zgartmasdan yozish asos tutilg‘on. 
1
1
Bundoq lug‘atni bir kishi tuzib chiqishliq bir necha yillarga cho‘zilsa kerak. Shuning uchun alifbe harfi bilan bir 
necha harfni bir kishiga, bir nechani bir kishiga qilib 3, 4 kishiga topshirilsa, ishning tezrak bitishi aniqdur. 


Inqilobdan keyin (bundan 5, 6 g‘ina yil ilgari) bu ikki asosni tashlab savtiy ham shakliy 
(sarfiy) asosqa o‘tkan bo‘lsaqda, arab alifbosi savtiy asosqa javob bera olmag‘onlig‘idan, imlo 
chatoqliqlaridan haligacha ham qutila olg‘onimiz yo‘q. 
Endi yangi alifbe qabul qildiq. Bung‘a tamom ko‘chsak, quyidag‘i ba'zi bir nuqtalarni 
yechib olsaq, imlo masalasini ancha hal qilg‘on bo‘lurmuz. 
«Ancha hal qilg‘on bo‘lamiz» dedik, «tamom hal qilamiz» demadik. Chunki (yuqorida 
aytganimizdek), til yozuvdan ilgari ketib turadi. Ilgarilayotg‘on til kundalik ehtiyojlarini sekin-
sekin anglata borar. Balki hozir bizga ko‘rinmagan, esga kelmagan tomonlarni aytib berar. 
Masalan: ruslar 200 yildan berli imlog‘a urnaydurlar. Hali ham kam-ko‘sti chiqib turadur. 
Biz imlomizni savtiy (funetika) ham shakliy-sarfiy formolugiya (morfolugiya) asosqa 
quramiz. 
Shundoq bo‘lg‘ach, imlo chigallarining bir qismi (tur, tor, kyz, koz ga o‘xshashlar)ni 
olg‘on asosimizning birinchisi yechib bersa, bir qismini (tamsillarni) ikkinchisi yechib beradur va 
tamsilga yo‘l qolmaydur. 
Garchand so‘zlash tilida yengillik uchun jarangsiz dovushlar (o‘rtoq Q.Ramazon bu 
to‘g‘rida «Sharq haqiqati» 12-sonida ancha to‘qtag‘on bo‘lsa ham, jarangsiz harflarni 
ko‘rsatmagan) keyingi dovushlarni o‘marib so‘zlashsalarda, o‘shandoq (eshitilganicha) yozish 
hyech yaramaydur. Sarfiy imlo birligini buzadur. 
Biz, eshitilganicha yozish to‘g‘risida so‘z ochg‘onimiz yo‘q ham ochmasmiz. Bu - bir. 
Ikkinchidan, biz, imloda qondoq bo‘lsada oson yo‘lni tutmog‘imiz lozim. Bu – oson 
deganimiz ham bir qoida (sarfiy birlik)ni mahkam ushlab, shuni turlamasdan temir qoziq qilib 
ushlash va ushlatdirishdur. 
Masalani oydinlashdirmoq uchun «d» harfi bilan boshlang‘on qo‘shimchalarni olayiq: 
1) -dim, -dik, -di. 
2) -dir (otdir, kesdir singari) so‘zlarda(gi) «d» harflari jarangsiz ovozlar (p, t, ch, sh, s, q, 
k) dan keyin «t» bo‘lib (kettim, kettik, choptir, kestir singari) eshitilsa va so‘zlansa ham; 
3) -dan, -don qo‘shimchalari ham p, t, ch, s, sh harflaridan keyin: 
p — iptan, ko‘ptan, qoptan, soptan; 
t — ittan, suttan, ottan, yottan; 
ch — cho‘michtan, ichtan, qilichtan, ochtan);
s — mistan, ketmastan, olmastan, yopmastan; 
sh — ishtan, tushtan, oshtan, qoshtan singari (-tan, -ton) eshitilsa ham; 
4) mana shu -dan, -don qo‘shimchasi nm harflaridan keyin: 
n — mannan, sannan, nonnan, qonnan. 
m - bilimnan, uyimnan, yonimnan, yo‘limnan singari eshitilsa va so‘zlansa ham sarfiy 
birlikni saqlash uchun «d» yozilmog‘i lozim.
Yana imloda so‘zlar yolg‘uz-yolg‘uz turg‘onda aytilishi asos etib olinib, yonidag‘i 
so‘zlarning ta'siri yozuvda ko‘rsatilmasligi kerak. (Keragiday, borg‘onmikan, jinmidi, parimidi 
singari bo‘lmaslig‘i kerak)
2

Agar bundog‘larg‘a mandat berilsa, «borakan, yo‘g‘akan, ochakan, to‘g‘akan»lar ham 
qarindosh, urug‘-aymoqlari bilan yasov tortib «qoni, bizga ham mandat kerak» deb, qatorlashib 
chiqib kela beradurlar. Faqat bu yerdagina emas, sarfiy qoidalarning har biri tepasida ham shundoq 
«imtiyoz» so‘raydurg‘onlarning alla qonchadan bo‘lishi turgan gap. U vaqtda hyech bir qoida ham 
kerak bo‘lmasdan: «eshitilgancha yoza ber, faqat, unisini nari, bunisini beri yoz, o‘rtasini ajratib, 
chiziq tortib qo‘y...» dan boshqag‘a ehtiyoj ham tushmaydur. 
Shuning 
uchun 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling