"Boqiy darbadar" Isajon Sulton
Download 179.4 Kb.
|
taqriz
#taqriz “Boqiy darbadar” Isajon Sulton “...Yangi ochilgan qum sahifasida sahro bo’ylab bir banda yolg’iz ketib bormoqda edi... U baland bo’yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangoyoq bir odam edi... Bu odamni keyingi asrlarda yanada ko’proq eslaydilar... Uni goh darbadarlikka mahkum insonlarning, goho taqdirlarning va xalqlarning timsoli sifatida tilga oladilar... Va unga “Boqiy darbadar deb nom beradilar...” Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asari 2010-yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 6-sonida chop etilgan va shu yili “Yilning eng yaxshi asari” sifatida e’tirof etilgan. Dastlab o’qiganingizda tushunarsizdek tuyilgan asar mutolaa davomida sizni o’ziga ipsiz bog’lab olishi tayin. Asar kichik hajmga ega bo’lsa-da, roman janriga kiritilgan. Lekin o’ylaymanki, asardan butun boshli roman ibratini olish mumkin. Yozuvchining o’zi ushbu asari haqida “...Bor-yo’g’i sakson sahifali kichkinagina shu roman juda uzoq yozildi, men uni tahminan 1998-yilda boshlagan edim. Muqaddas manzillarini, maqsadlarini yo’qotib qo’yib, dunyoda tentirab yurgan odamlar hayotda ko’pday tuyilar, lekin ifoda uchun shakl topolmas edim. Qiziq-da bir etikdo’z Iso alayhissalomga qo’l ko’tardiyu abadiy yashash degan tavqi-la’natga duchor bo’ldi. Barhayotlik ham musibat bo’lishi mumkinligi haqida sira o’ylab ko’rmagan ekanman, vaholanki, sonsiz-sanoqsiz insonlar dunyoda mangu qolish ishtiyoqida yelib yugurmoqdalar...” – degan edi. Siz-chi? Siz bu haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Men ham hech o’lolmaslik bu darajada daxshatli bo’lishi haqida o’ylab ko’rmagan edim... Asarda menga eng yoqqan jumlalar: ...Bunchalar quvvatli tartib berilgan va qat’iy qoidalar asosida harakatlanayotgan tabiat bizsiz ham mukammal ravishda o’z hayotida davom etmoqda, o’zgartirishlarimizga va kashfiyotlarimizga muhtojligi yo’q... ...Hikmatlarning yana biri shundaki, Parvardigori Olam ba’zi insonlarni boshqalarga mukofot qilib yaratgan. Ba’zilarning dunyoga kelishlari, hayotlari boshqalar uchun o’nlab, yuzlab xayrlar keltiradi... ...Aytadilarki, bir sham atrofida 3 parvona aylanib uchmoqda edilar. Ular sham alangasining nima ekanini bilmoqchi bo’ldilar. Ulardan birinchisi sham tomon uchdi va qaytib kelib, dedi: “U – juda yorug’ bir narsa ekan”. Ikkinchisi yanada yaqinroq uchib bordi va qaytgach aytdiki, “U – kuydiruvchi bir narsa ekan”. Uchinchisi esa alanga ichiga kirib, otash ichra g’oyib bo’ldi. Nimani ko’rganidan va nimani his qilganidan esa hech kimning xabari yo’q. Aslida u nimani bilishni istagan bo’lsa, o’shanga yeta oldi. Bunday bilimga erishuvchilar o’zlari erishgan bilim haqida gapira olish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar. Shu bois ham biluvchi sukut saqlaydi. Men ana shu uchinchi parvonaga havas qilaman... ...Mabodo, Tangri Taolo mening taqdirimdan ko’z yumsa-yu, latta monand hilvirab qolgan shu vujudimga yana bir parchagina hayot hadya etsaydi, hoynahoy, o’ylayotganlarimning hammasini aytmasam ham, gapirayotganlarimning hammasini o’ylagan bo’lardim... Aziz kitobxon, ming marta eshitgandan bir marta o’qib ko’rgan afzal. O’ylaymanki, asar sizga ham albatta yoqib qoladi va kitob kitob javoningizda eng sevimli asarlar qatoridan joy egallaydi. Madinabonu Xabibullayeva Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix ta’lim yo’nalishi II bosqich 203-guruh talabasi Download 179.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling