Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

tez tiklay oladigan va eng asosiysi – g‘ayriinsoniy bunday mavjudotlar o‘lka harbiy qudratini misli 



ko‘rilmagan darajada orttirishi turgan gap edi, shu bois, muvaffaqiyatli yetishib chiqqan sun’iy 

odamning tajribaxonani osonlikcha tark etishi «Fir’avn»ni qattiq tashvishga qo‘ydi, boz ustiga, boshqa 

mamlakatlarning jangovar uchoqlari ham tanuv belgilarini yashirgan holda mazkur mamlakat hududiga 

kirib kelmoqda edilar, mabodo ulardan birontasi barhayot kishini qo‘lga olsa bormi, u holda insonni 

mukammallashtirish yo‘lidagi barcha yutuqlar va shunga bog‘liq kuch-qudrat boshqalarning qo‘liga 

o‘tib ketishi mumkin edi. Gobiga bir emas, bir nechta harbiy mashina yuborilishining va har qanday 

sharoitda ham u odamni topishga buyruq berilishining sababi mana shunda edi. Havo hududiga begona 

jangovar uchoqlarning kirib kelishi esa favqulodda holat bo‘lib, mabodo barhayot odam boshqalarning 

ixtiyoriga o‘tib ketsa, u holda begona uchoqqa qarata o‘t ochish va yo‘q qilishga buyruq berilgan edi. 

Uchoqlar hozir «havo-er» rusumidagi raketalar va termik bombalar bilan qurollangan, bundan tashqari, 

yetti mingta elektromagnit o‘q zahirasi bilan katta kalibrli pulemyotlar ham ularning tumshug‘ida 

tahdidli osilib turar, bularning bari bittagina emas, minglab kishilarning kulini ko‘kka sovurishga 

yetadigan bemisl qudratga ega edi. 

 

Aksiga olib, Gobi uzra qumning junbishi kutilmoqda, Atlantikadan kelgan havo oqimi tobora 



shiddatlanib, sahroda qum bo‘ronlarini hosil qilmoqda edi. Bu holat jangovar vazifani amalga 

oshirishni og‘irlashtirardi, dunyodagi hech bir kuzatuv qurilmasi hali qum bo‘roni ostidagi nishonni 

kuzata olish qobiliyatiga ega emas, buning ustiga, qumlar uchoqlar uchun ham jiddiy xavf tug‘dirardi – 

«Fir’avn», uchoqlarning bo‘ron hududiga kirmasligiga va bo‘ron shiddatlanguniga qadar ishini 

bitirishiga umid qilayotgan edi. 

 

Hozir infraqizil, radar hamda neytron monitorlarida Osiyo cho‘llari uzra «Vahshiy»larning 



sharpalari ko‘rinib turardi, ular xuddi burgut misol shovqinsiz va tez, o‘zaro bir xil masofada va bir xil 

tezlikda uchib borar, ulardan taxminan ikki yuz mil masofadagi begona harbiy uchoqlar ham shu 

hudud sari katta tezlikda yo‘nalmoqda edilar. 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling