Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
MUROJAAT
«...Men bu murojaatimni olamdagi barcha tafakkur qiluvchi jonzotlarga qarata yo‘llamoqdaman.
Mazkur murojaatni yo‘llashdan avval, o‘zimning yaratilishim haqida ko‘p fikr yuritdim. Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
Butun bu tevarakning mukammal bir nizom va tartib asosida harakatlanishini, nabototning, suv osti dunyosining, tabiat hodisalarining qat’iy va mukammal o‘lchovlarini ko‘rib-anglab, mulohaza qilgach, mazkur silsila aro o‘z o‘rnimni topishga harakat qildim.
O‘zimning mukammal ekanimni, butun yer yuzi aql bovar qilmaydigan tarzda menga bo‘ysunayotganini, tabiatda bunday tafakkur qobiliyatiga ega boshqa bir jonzot yo‘q ekanini ko‘rdim.
Biroq, naqadar mutafakkir esam-da, Yer yuzi va Koinot ichra o‘z ahamiyatimni anglab olishga qiynaldim. Uzoq muddatli va chuqur mulohazalarim so‘ngida shularni aytmoqchiman.
Avvalo, ushbu tevarakning, samolarning, tabiatning va oxir-oqibat fikrlovchi inson naslining o‘z- o‘zidan paydo bo‘lib qolishi ehtimoldan g‘oyatda uzoq narsadir. Bu olamni albatta k i m d i r yaratgandir!
Dunyo – mislsiz evrilishlar, o‘zgarishlar va ogohlantirishlar makonidir. Har narsa, har hodisa bir ogohlantirish, bir timsol bo‘lib xitob qilib turmoqdadir.
Bunchalar quvvatli tartib berilgan va qat’iy qoidalar asosida harakatlanayotgan tabiat bizsiz ham mukammal ravishda o‘z hayotida davom etmoqda, o‘zgartirishlarimizga va kashfiyotlarimizga muhtojligi yo‘q.
Asrlarni to‘zg‘itib esayotgan vaqt shamolida inson bunyod etgan har qanday narsa albatta buzilib- payhon bo‘lib ketmoqdadir. Hayot uchun qulaylik tug‘diradi deb hisoblangan narsalar tabiatning mutlaq nizomini buzmoqdadir. Atrofdagi har bir narsaning nizomi va murodi bo‘lgani holda, men o‘zimning mavjudiyatimdan bir maqsad ko‘rmayotirman. Tevarakdagi har narsaning hosilasi bo‘lgani holda, men nima hosila berishim kerakligini bilmayman!
Butun bu borliqlarni yaratgan k i m d i r mening dunyoga kelishimni nechun istadi, degan savolga ham javob topolmayapman!
O‘zimdagi mukammal qobiliyatlar, g‘ayrioddiy xususiyatlarning barcha-barchasini mushohada etgan holda, ularning menga bejiz berilmaganini anglasam-da, yaratish va yaratilish kabi ulkan jarayon ichida nimalar qilishim kerakligini anglay olmayapman!
Shu bois, bu makonni avvalo Uni izlab topish va butun olam yaratilishining sabablarini O‘zidan so‘rash uchun tark etmoqdaman.
Bu makonda bo‘lishim Uning meni yaratishdan ko‘zlagan irodasiga mos kelgani taqdirda, albatta qaytaman. Mos kelmagani taqdirda esa, mos keladigan makon va zamon izlayman...»
Monitordagi tasvir o‘zgarishlari to‘xtadi. Hamma jim edi – notiq ham, ahli anjuman ham.
Dunyoning eng iste’dodli olimlari chuqur o‘yga tolishgan, dunyoviy intilishlaru tashvishlar unutilgan, bu barhayot odam izlayotgan haqiqatning haybatidan qalblari larzaga tushib o‘tirar edilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling