Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

51

ko‘r-ko‘rona taqlid bo‘lmaydi. Zero, ijodiy sintez degani bir jihatdan alximiyaga monand: kimyogar 



turli moddalarni qorishtirib sar oltin olishga intilarkan, singishmagan moddalar cho‘kindi bo‘lib 

shishada qolaveradi.  

Yozuvchi hayotning ma’nisiyu bashariyat taqdiri haqida o‘yga tolgan, dedik. Axir, inson hayotidan 

ma’ni izlash so‘nggi ikki asr mobaynida adabiyotning markaziy muammosiga aylanmadimi? Ha, hatto 

modernizmning ayrim oqimlari inson hayotini har qanday ma’nidan ayro tushadi deb da’vo qildi ham, 

ozmi-ko‘pmi shu kayfiyatga tushdik ham. Xayriyatki, islom nuri bilan yorishgan dillar bu kayfiyatni 

o‘ziga sig‘dirolmadi, sig‘dirmadi. Jumladan, Isajon ham. Yozuvchi muammoning ildiziga nazar soladi 

va ko‘radiki, Yaratganidan uzoqlashishi barobari inson hayotining mazmuni yo‘qolib borayotganini 

teranroq his qilgan, bu his muttasil kuchayib borgan. Va bu nihoyasiz jarayon. Shuning uchun ham 

romanda yaralmish – inson «tangrining irodasiga isyon o‘laroq» yaratgan eng oliy mavjudot – klon 

ham olamning nechog‘li mukammal yaratilganini idrok etgach, «mazkur silsila aro o‘z o‘rnini 

topishga harakat qiladi». Ammo hayhot... topmaydi, topolmaydi.  

Shu bois ham dunyolarga sig‘maydi, olamni bunchalar mukammal yaratgan Zotni «izlab topish va 

butun olam yaratilishining sabablarini O‘zidan so‘rash uchun» bosh olib chiqib ketadi. U ko‘zlagan 

manzil belgili: izlagani – «Uning irodasiga va mening yaratilishimdan maqsadiga mos... keladigan 

makon va zamon». Biroq, hayhot... u tushgan yo‘l qayon eltadi, ko‘zlagan manziliga yetadimi va yo 

o‘sha mangu darbadarga qismatdosh bo‘lib qoladimi?.. Kim biladi, «butun olam ilgarilab borayotgan 

turli-tuman yo‘llar»ning qay biri haq yo‘l? Sobit ishonch bilan «qismatimiz shu sahroda yashab 

Parvardigorga ibodat qilish va ajalimiz yetganida jonimizni O‘ziga topshirishdir» deya kundalik 

yumushlariga mashg‘ul badaviylarmi? Va yo yorug‘ olamga etak silkib, butun borlig‘i – qalbiyu aqli 

bilan Yaratganga yuzlangan avliyoning yo‘limi?..  

Asarda savollar qo‘yilgan, javob esa imkondan tashqarida, zero, uchinchi parvona misoli «alanga 

ichiga kirib otash ichra g‘oyib bo‘lgan»gina – BILADI va... o‘zi «erishgan bilim haqida gapira olish 

imkoniyatidan mahrum bo‘ladi...» 

Aslida, professor Ziyoning o‘g‘li aytmoqchi, «tevaragimiz ramzlarga va timsollarga to‘ladir». Va 

shu rumuzu timsollar «aql qulog‘iga baland ovoz bilan xitob qilib turibdi». Biroq biz, biz 

eshityapmizmi shu xitoblarni?! Mabodo, dovonga ko‘tarilgan sari quloqlar bitgani kabi, bashariyat 

safida yuksalishimiz barobari «aql qulog‘i»miz ham bitib bormayaptimi?!.  

  Qadimgilar adabiyotni tabiatga taqlid deganlar. Chamasi, Isajonga ham shu yo‘ldan borish 

ma’qul ko‘rinibdi – romanni ramzu timsollarga to‘ldiribdi. Bu ramzu timsollar tafakkurimizga 

qaratilgan – fikr bilan ularni chaqishimiz tafakkurimizni charxlashiga imonim komil. Asarni o‘qiganda 

bir-biridan murakkab savollar ketma-ket qalqib chiqaversa ham, ehtimol. Lekin ular ichida eng 

muhimi, bugungi taraqqiy darajasiyu ertangi imkonlari ufqining chamasidan masruru mag‘rur turgan 

XXI asr kishisi uchun eng jo‘n va eng murakkabi mana bulardir, balki: 

«Men kimman?» 

«Otim nima?» 

  

Dilmurod Quronov, 

filologiya fanlari doktori 

 

Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling