Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 Uning bilgani tarixga ko‘ra, azobu uqubatlar ham, rahmatu barakotlar ham aynan shamollarning qanotlarida kelar edi. Bir ozdan so‘ng urilgan yanada shiddatliroq epkin g‘or og‘zida o‘sgan anjirni – rizq daraxtini tag- tomiri bilan sug‘urib oldi va pastlikka qarab xasday uchirib ketdi.
Sahrodagi lo‘lilar karvoni haliyam o‘z joyidan qo‘zg‘almagan edi. Karvonboshi shamolning zo‘rayib borayotgan g‘alayonini ko‘rib, hammani barxan ortiga ko‘chirdi, uxlayotgan nevarasini ko‘targancha, barxan yonboshidagi chuqurlik ichiga avaylab yotqizdi, ustidan to‘nini yopib qo‘ydi. Qolganlar lom-mim demasdan shamolning hayqirishiga quloq tutib turardilar, shamol ularning kiyimlarini yulqilab-uzguday bo‘lib esmoqdaydi.
Lo‘lilar karvonboshisi uning, shu sho‘rlik kavmning vatan ilinjida besamar daydishlariga chek qo‘yishi kerak bo‘lgan shamol ekanidan umidvor edi.
Karvonboshi turli xalqlarning turlicha ibodatlarini bilar, biroq, qaysi birining ibodati qay tarzda qabul qilinishidan bexabar edi. Shu bois ham u eng so‘nggi payg‘ambarning ibodatini qildi: ko‘zlariga qum tiqilgan holida kunbotarga qarab shundoqqina qum uzra cho‘k tushdi. Va agar bu shamol umrlariga nihoya qo‘yadigan bo‘lsa, hayoti dunyodagi umrini xotimalaydigan bir ibodatni ado etishga kirishdi.
Shamol yeru ko‘kni enlab roppa-rosa bir kecha esdi. Shundan so‘ng g‘alayon asta-sekin tindi.
Tiyonshon va Oltoy yonbag‘irlaridagi o‘rmonlarning ahvoli achinarli edi: sarvqomat archalar qoq bo‘linib-sinib ketgan va ayqash-uyqash bo‘lib uyilib yotardi, ularning ostida halok bo‘lmay qolgan va yaralangan hayvonlarning bo‘kirishlariyu chiyillashlari tevarakni tutib ketgan edi.
Sahrodan kelgan qum bo‘ronlari avliyoning g‘orini abadiyan bekitib tashladi. Biroq, shu mahalda ichkariga kirgan odam hayrat barmog‘ini tishlashi shubhasiz edi: ichkaridagi havo sarin va yengil, gullarning islari anqib turar, avliyo esa sajda qilgan holida jonini Haqqa topshirgan, balki ko‘pchilik orzu qiladigan go‘zal o‘lim edi bu.
Oltoy tizmalarining etagidagi Otgon-Tengri Uul vodiysidan yuz ellik chaqirim masofadagi Inson takomili markazi joylashgan yerni ham qum tep-tekis bosib tushgan edi. Qum uzra goh ko‘rinib-goh ko‘rinmovchi ulkan to‘mtoq qurt – olg‘oy-xorxoy, tushunarsiz ravishda imillab o‘rmalab borardi. ...Tenerif sahrolarida yana bir bahaybat toshbaqa paydo bo‘ldi, u ortmoqlab olgan toshning uzoridagi naqshlar muqaddas yozuvlarni eslatardi... kim bilsin, balki yana minglab kishilar shu yozuvni ko‘rib, imonga kelsalar ne ajab?
Sahroda hech qanday iz qolmadi, barchasi xuddi tarix kabi supurilib ketdi. Shamol lo‘lilar karvonini ham qum bilan tamoman ko‘mdi, ularning ayollari, bolalari va hatto ulovlari ham qalin va og‘ir qum qatlami ostida qolib ketdilar.
Lo‘lilar karvoni ko‘milgan joydan yuz ellik kilometr g‘arbda ulkan uchoq qoldiqlari sahro bo‘ylab sochilib ketgan edi, qum ularni ham tep-tekis qilib bosib tushdi. Qaragan ko‘zga shu topda hech narsa |
ma'muriyatiga murojaat qiling