Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

44

zo‘riqib guvilladi – uchoq bu qadar yuksaklikka tikkasiga ko‘tarila olmas, ko‘tarilishi uchun yana yuz 



ellik kilometr masofani uchib o‘tishi kerak edi. 

 

...Bu orada axborot agentliklari bir faylasufning Markesning maktubi haqidagi fikrlarini, ortidan 



uning o‘zining bayonotini ham tarqatdi. 

 

Faylasuf, bu dunyoda shu qadar bilim va tajribadan tashqari, favqulodda fikriy quvvatga ega 



bo‘lgan Markesday kishining dunyodan ketar chog‘i bunday gaplarni aytishiga shubha bildirgan edi.  

 

Ortidan kelgan xabarda Markes bunday vidonomani yozmaganini, bedavo dardga giriftor ekaniga 



qaramasdan, mabodo o‘lim oni yaqinlashganini sezgani taqdirda ham safarga jim, lom-mim demasdan 

jo‘nashini aytgan edi. 

 

 

* * * 



Lo‘lilar karvonboshisi sahroda itini ergashtirgan bir devonavash odamni ko‘rdi, u yalangoyoq

sochlari o‘sgan, qo‘lida aso, kunbotar tarafga – g‘arbga qarab ildam ketib borardi. 

 

Bu tani xokiyniyu ruhi ravonni na qilay, 

Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay? 

 

Uroyinmi boshima yetti behishtu do‘zaxin, 

Lomakondan xabar oldim, bu makonni na qilay? 

 

Bu – sarob edi, lekin shu qadar haqqoniy va aniq ediki, karvonboshi ortiga tisarildi. Uni boshqalar 

ham ko‘rdilar, ammo karvonboshi qat’iy qilib: 

 

– Ko‘rganingiz sarob, ishingizda davom eting, – deb buyurdi. 



 

Va teskari tomonga o‘girilganida, osmon bo‘yi keladigan, yeru ko‘kni enlagan bir quyunning shu 

tomon yopirilayotganini ko‘rdi. 

 

 



* * * 

Bo‘ron oldidan sodir bo‘lgan g‘alati hodisalar Avliyoni ham chetlab o‘tmadi.  

Itini ergashtirib ketib borayotgan majnunvash kishini u ham ko‘rdi, faryodini ham eshitdi:  

 

Ajab Majnun erurman, dasht ila sahroga sig‘mamdur, 

Dilim daryoi nurdir, mavj urib dunyoga sig‘mamdur. 

Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mendadir mavjud, 

Chu sultoni azaldurman, ki arshu a’loga sig‘mamdur.

6

 

 

Shuningdek, avliyo uning ortidan borayotgan boshqa bir bandani ham ko‘rdi... 



 

Bu ikki odam shu kez kunbotar tomonga ketib bormoqda edilar. 

 

                                                      



6

 Boborahim Mashrab misralari 




Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling