Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 – O‘t ochildimi, «Maxes»? – Xuddi shunday, buyruq bajarildi! – Nishonni ko‘ryapsizmi? – Ha, unga yaqinlashyapman. – Tushunarli. – Nishon pasaymoqda, unga yaqin keldim, masofa yarim mil... – Nishon pasaymoqda? Bu nima degani? – U o‘tirib oldi. – U o‘ldimi? – Aniqlashning iloji yo‘q. U o‘tiribdi. – Tushunarli. Tezlikni kamaytiring. Barcha jangovar mashinalardan nishonga qarata o‘t ochilsin! – Bu xavfli, atrofda tanuv belgilari bo‘lmagan boshqa jangovar uchoqlar ham bor. – «Maxes», vaziyatga qarab o‘t ochishga tayyorlaning! Nishonning o‘zingizga nisbatan o‘rnini bildiring. – Chapdan yetmish daraja. – «Maxes», nishonning vaziyatini bildiring. – U qumga yotib oldi... Ko‘rish qiyin, to‘zon kuchaymoqda... «Fir’avn?..» «Fir’avn», u ibodat qilmoqda! – «Maxes», nishonni raketalar bilan yo‘q qilishga harakat qiling. – «Fir’avn», desant tushirishga ruxsat bering! – «Maxes», nishonni raketalar bilan yo‘q qiling! – Tushundim, nishonda «ushlagan» holda yaqinlashyapman. – Masofani bildiring. – Masofa chorak mil. – «Maxes», forsaj! – Forsajga o‘tildi! – O‘t och! – O‘t ochildi. – Nishon yo‘q qilindimi? – Hech narsa ko‘rinmaydi, hamma yoq to‘zon. – Zarba chizig‘idan o‘ng tomondan chiqilsin, kurs yetmish besh. – Zarba chizig‘idan o‘ngga chiqyapman, kurs yetmish besh!.. – «Maxes», qurollar jangovar holatda tutilsin. Begona harbiy uchoqlarni nishonda tutgan holda, o‘n besh daraja g‘arbga harakatlanilsin! – Xo‘p bo‘ladi! Bo‘ron oldidan turgan shamol allaqachon qumlarni ko‘targan, noma’lum odam «havo-er» rusumli o‘limchil raketalar zarbasi va shamol ko‘targan qum to‘zoni ichida ko‘zga ko‘rinmay ketgan, hozir uni maxsus qurilmalar ham ko‘rolmayotgan edi. «Vahshiy»ning o‘t ochganini ko‘rgan boshqa harbiy uchoqlar yaqin masofada turganlaricha to‘zonning tarqalishini va noma’lum kishining chiqib kelishini kutmoqda edilar. Bu orada «Vahshiy» «Fir’avn»ning navbatdagi buyrug‘ini ham bajarib ulgurdi, ya’ni yaqin oradagi «Mig»larni lazer mo‘ljaliga oldi.
Har holda, boshqa jangovar uchoqlarga ham shu mazmundagi buyruq kelgan bo‘lsa kerak, «Mig»lar, «Miraj»lar, «Kfir» va «Tornado»lar ham o‘z vaziyatlarini «Vahshiy»ga nisbatan hujumga qulayroq bo‘lishi uchun moslab, aylanib ola boshladilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling