Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
«...dunyoning turli mintaqalarida sahrolar kengayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sahroi Kabir keyingi o‘n yil ichida o‘ttiz kilometrga kengaygan. Xuddi shunday jarayon Osiyo cho‘llarida ham kuzatilmoqda. Mazkur cho‘llarning qumining o‘ziga xos xususiyati – unda sho‘r miqdorining ko‘pligidir». «...ba’zi din ulamolari jahannamning abadiy emasligiga doir taxminlarini e’lon qildilar. Ular o‘z taxminlariga «Ular jahannamda abadiy qolurlar, magar Parvardigorlari boshqa narsani ixtiyor qilmasa...» mazmunidagi oyatlarni asos qilib oldilar...» “...Shuningdek, Misrda qoyalarni yo‘nib ishlangan uylardan topilgan anjomlar u yerda yashagan kishilarning darhaqiqat bahaybat gavdali, kuchli kishilar bo‘lganini tasdiqladi. Rivoyatlarga ko‘ra, ularni k u ch l i sh a m o l halok qilgan edi...” «...dunyoda qit’alararo shirkatlarning paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bunga yer yuzidagi asosiy kapitalning yakka kishilar qo‘liga o‘tib ketishi sabab bo‘lishi mumkin...» «...butunjahon Ovchilar Jamiyati barcha ovchilarni Xitoydan kelgan qora chumchuqlarni qirib tashlashga chaqirdi. Markaziy Epidemiologiya xizmati vakilining ta’kidlashicha, ular qush o‘latini tarqatishlari mumkin...Oddiy va odatiy sarg‘ish chumchuqlardan farq qilib, ular na don-dun terishadi, na sayrashadi, qop-qora ko‘zlarini javdiratgancha n i m a n i d i r sabr-toqat bilan kutishadi...» «...Mashhur tarixchi olimlardan biri, lo‘lilarning qachonlardir Hindistondan yo‘lga chiqqani haqidagi taxminini e’lon qildi. Rivoyatga ko‘ra, ular juda ulkan maqsad bilan safarga chiqadilar, ammo karvonga oziq-ovqat muammosi ko‘ndalang bo‘ladi. Ov qilib yoxud boshqa yo‘l bilan bu ehtiyojni qondirishga vaqt yo‘qotmaslik uchun safarni tilamchilik qilib davom ettirishga ahd qiladilar. Yillar o‘tavergach va avlodlar almashgach, butun boshli xalq nima maqsadda yo‘lga chiqqanini unutadi, ular dunyo bo‘ylab vatansiz va makonsiz besamar daydishga mahkum bo‘ladilar...» «...Urdundagi qadimiy xarobalardan birida abadiyatga giriftor bo‘lgan kishi haqidagi yozuvlar saqlanib qolgan teri parchalari topildi. Azaliy haqiqatlarga qo‘l ko‘targani uchun qiyomatga qadar darbadarlikka mahkum etilgan bu kishi haqidagi rivoyatlar o‘rta asr qo‘lyozmalarida, shuningdek, Brokgauz va Efron qomusida uchraydi. Tadqiqotchilar bu rivoyatning timsoliy ekanligini, imon va ishonchning mutlaq haqiqatlariga qarshi chiqqan kishilarning fikriy va qalbiy sarsonliklarga duchor bo‘lishlarini ta’kidlamoqdalar». «...Yer yuzidagi eng sho‘r dengiz – Qizil dengizning Arabiston yarim oroli sohillariga yaqin yerida, suv ostida chuchuk suvli ulkan buloqlar borligi aniqlandi. Bundan ikki ming yil avval paydo bo‘lgani taxmin qilinayotgan mazkur buloqlarning suvi g‘oyat toza va shifobaxsh bo‘lib, dengizning sho‘r suviga aralashib ketmasdan to sohilga qadar oqib boradi. Sohildagi turli sayyohlik shirkatlari bu suvlardan foydalanib, katta tijoriy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar...» «...Sidney shahri yaqinida joylashgan kelajak texnologiyalari markazida olamshumul kashfiyot qilindi. Bugungacha tabiatda mavjud bo‘lgan zarralarning aksi bo‘lgan anti-zarralar mavjudligi fan tomonidan o‘tgan asrda isbotlangan edi. Taxminlarga ko‘ra Koinot ham o‘zining aksidan, ya’ni anti- Koinotdan iborat. Fazoning qaeridadir Koinot va anti-Koinot birlashgani va bir birini uzluksiz akslantirgani fazoning cheksizligi nazariyasiga oydinlik kiritishi mumkin. Bugungacha maxsus sharoitlarda olib borilgan tajribalarning natijasi o‘laroq, umri soniyaning milliondan bir ulushiga teng bo‘lgan anti-elektron va anti-proton zarrasi hosil qilindi! Hozircha bunday zarra tabiiy sharoitda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling