Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
LUVR. MILODIY 1312-YIL. «MANGU DARBADARNING QAYTISHI» PYESASI PREMYERASI
...Quyosh allaqachon botib bo‘lgan, so‘nggi shafaqlari ko‘zdan yo‘qolmoqdaydi. Bir soat avval boshlangan shov-shuvli pesa premerasi poyoniga yetib qolgan edi.
Luvrning kazo-kazolari, boyonlari, bankirlari va mashhur kishilari o‘tirgan lojada zerikish hukm surmoqda edi. Xokisorlik va poklik timsoli bo‘lmish muborak zotga qo‘l ko‘targan odam haqidagi pesa urf bo‘lganiga qaramasdan, hayotdan uzoq, g‘ayriodatiy mavzuda bo‘lgani uchun ham, qay bir so‘lim go‘shada musiqa eshitib rohatlanish ularga afzalday tuyulmoqdaydi.
Pesa muallifi, astrolog Gvido Bonatti boyonlar lojasida may ichib o‘tirardi. Hayotining keyingi yillarida u mayxo‘rlikka berilib ketdi, ertalab ham, tushda ham, hatto qirol bazmlarida ham sarxush bo‘lib yurar, bugun esa pesa boshlanmasidanoq ancha-muncha otib olgan edi.
Mana, chiroqlar o‘chdi. Bittagina xira nur tolasi qoldi. Sahnaga uzun bo‘yli, sochlari yelkasiga tushgan bir odam chiqib keldi.
Bonatti uni taniyolmadi, lekin ensasi qotib, «pesadagi qahramon aslida qarib-qartaygan, ayanchli bir chol bo‘lishi kerak edi... o‘rniga nechun bu baquvvat aktyor chiqib keldi?» – deb o‘yladi norozi bo‘lib.
Mangu daydi rolida chiqib kelgan notanish bu odamning ovozi ham favqulodda o‘tkir va hayotiy edi.
abadiy barhayotligiga va bemisl kuch-qudrat egasi ekanligiga, vujudimga kirgan zarra tikan badaliga aql bovar qilmas mukofotlarni ato etadigan va hamma narsani o‘rab-chulg‘ab oluvchi hikmatlargacha bino qiladigan muborak zot ekaniga hech qachon shak keltirmaganman... Ammo siz meni, Azozildan ham mal’unroqsan, deb malomat qildingiz!»
Zalda jonlanish sezildi. «Siz Tangrimning, o‘zi yaratgan barcha ne’matlariga yana bir chalg‘ituvchi narsani o‘rab qo‘yganini ko‘rmayapsizmi? Narsalaru hodisalarni, sabablarniyu natijalarni, shubhalaru haqiqatlarni bir-biriga chirmashtirib tashlaganini ko‘rmayapsizmi? Hamma narsasi g‘orat bo‘lib ketadigan bu dunyoga vujudi foniy, ammo ruhi boqiy insonni yuborishi bilan abadiyatni ham o‘rab olganini, Uning abadiyatdan-da yuksak ekaniniyu hatto mangulik ham uning maxluqi ekanini ko‘rmayapsizmi?
Eng chiroyli lazzatlar ostiga chirkinlikni yashirganini, beo‘xshov narsalarning bag‘rida ajoyibotlarini saqlaganini ko‘rmayapsizmi? Har narsaga yetgan aqlingiz bularga kelganda oqsab qoldiyu meni badbaxtlikda ayblab, Azozilga teng qo‘ydingizmi? Aslida men – qiyomatda olishi kerak bo‘lgan jazosining bir qismini shu dunyoda olganlardan bittasiman, xolos.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling