Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Shahar shu qadar ochiq-oydin namoyon bo‘lgan ediki, o‘ynoqi cho‘l shamolining yengil epkinida devoridan shuvillab to‘kilgan tuproqqacha aniq ko‘rinardi. Ulkan, baland darvozasi qalin devorlar orasiga mustahkam qilib o‘rnatilgan edi. Sayyoh bu zuhurotdan sarosimaga tushib qoladi, o‘ziga kelgach, saodat devorlari ortida yashayotgan xurram kishilarni ko‘rish hayajonida, shosha-pisha darvoza tomonga yuguradi...
...Sayyoh o‘z yurtiga qaytgach, Osiyoda ko‘rgan-bilganlari haqida «Mening shahri Haybarim» degan xotira kitobini yozadi.
«Tushlar, follar va qur’alar ertangi kunning qanotlarida muallaq turuvchi narsalardir, – deydi u. – Bu muallaqlar yo‘yilgan tomoniga qarab o‘zgarish xususiyatiga egadirlar. Abadiyat shahri ham ana shunday xususiyatli shahardir. U yerga kim qaysi niyatda borsa, o‘sha niyatiga ko‘ra zuhur etadi. Mening niyatim u yerdagi boqiylikning sabablarini o‘rganish emas edi... u yerda yashash va kamolot darajalariga erishish ham emas edi... topsam bas edi... aynan aytganimday, uni topish menga nasib etdi, biroq, topganlarim sahroning sariq qumi kabi barmoqlarim orasidan shuvillab to‘kildi... topganim bilan topmaganim orasida farq qolmadi... Lekin, bu voqea mening sokin hayotimni ostin-ustin qilib yubordi, barcha bilganlarim va tasavvurlarim tamomila o‘zgarib ketdi, hayotimga timsollar va ishoratlarning girdoblari bo‘ron yanglig‘ ufurilib kirib keldi...»
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling