Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
SHAHRI HAYBAR
Poyonsiz sariq qumlar aro shamol tentiraydi. To‘zg‘itadi, aylantirib-sochib o‘ynaydi, sho‘xlik qiladi.
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi 31
Bahorda bu hadsiz sahroda yomg‘irlar yog‘adi, qumlar jo‘shib-jonlanadi, rango-rang maysalar gilamday bo‘lib, epkinlarda to‘lqinlanadi.
Saratonning qizg‘ish, yallig‘lanuvchi jazirama osmonida goh-goh jonzotlarni umidlantirib, oq va kulrang bulutlar adashib kelib qoladi. Qum aro unib chiqqanu ipday holida sarg‘ayib-quvragan giyohlar olov epkinida hilpillaydi. Besh yildirki, bu sahro barxanlari aro bir tadqiqotchi afsonaviy mangulik shahrini izlab kun o‘tkazadi.
Yuzlarcha chaqirim sharqda qozoq cho‘ponlarining o‘tovlari bor. U yerga eski-tuski arobalardan tashqari, haftada bir ko‘chma do‘kon ham kelib turadi. Ko‘chma do‘kon tadqiqotchining homiylaridan yegulik, suv, shirin hidli qog‘oz sochiqlargacha olib keladi, kuchli «Toyota Lendkruzer» haftada bir qozoq o‘toviga borib-kelib turadi. Chodirda quyosh harorati bilan ishlaydigan mitti elektr generatori, sun’iy yo‘ldosh antennasi va kichkina noutbukkacha – hamma narsa hoziru nozir.
Dunyoda ikkita yashirin shahar bor. Biri – taxminan Bobil hududlarida ko‘klarga ko‘tarilgan Bog‘i Eram bo‘lsa, ikkinchisi – Osiyo cho‘llarida inson bolasi ko‘zidan nihon Haybar shahri...
Har ikki shahar ham insonlar ko‘ziga o‘qtin-o‘qtin ko‘rinib turadi. Ba’zan bir necha daqiqa, ba’zan bir necha soatga aniq-oydin ko‘rinadi. Eram bog‘lari aslida afsonaviy Hefsimaniya osma ko‘shklaridir degan da’volar, yer yuzida jannat muqobilini bino qilishga urinilgani uchun ham osmonu falakka olib chiqib ketilgan yoxud qay bir siru sinoat ila insonlar ko‘zidan yashirilgan, deganga o‘xshash fikrlar bir necha yuz yilki, olimlarni va qiziquvchilarni sahrolarda besamar kezishga undaydi.
Umriboqiy va mas’ud odamlar makoni bo‘lmish abadiyat shahri – Haybar haqida esa tadqiqotchilar ixtiyorida juda oz manba bor. Bu manbalardan birida unga «Iskandar devori ortidagi shahar» deb ta’rif berilgan. Boshqasida esa fozillar shahri deb nomlangan. Yana, andalusiyalik bir o‘rta asr sayyohining qisqa taassurotlari. Bor-yo‘g‘i shu, xolos.
...Bu shahar chinlarning xangzu (changzu) qabilasining bosqini paytida g‘oyib bo‘lgan, degan taxmin bor. Biroq, u mahallar shaharning nomi boshqa bo‘lgan, Haybar ismini unga arablar berganlar. Alloh taolo yuborgan haq din g‘alabasining timsoli bo‘lmish bu shahar nomini istilo qilingan boshqa o‘lkadagi boshqa bir shaharga berishga va ikkinchi, soxta Haybarni bunyod qilishga undagan narsa, balki o‘sha g‘alaba uyg‘otgan faxru sururdir? Bilish qiyin... Lekin, miloddan bir necha asr avval bu tuproqlarga boshqa dushman – xangzular hujum qilgani ham haqiqat. Ikki madaniyat to‘qnash kelgani on, aslida insoniyatga ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergan bu qabilalarning vahshati qadim elatlar uchun qo‘rqinch bo‘lib tuyulgani bor gap. Uzun o‘rilgan sochlarini hilpiratib, qiyqira-qiyqira kelayotgan xangzuning qiyofasi, ya’juj-ma’juj kelayotir, degan xayolga yetaklashi tabiiy. Biroq, ya’jujlar va keyingilar – arab rivoyatlari, haqiqiy rivoyatlar esa ularning soyasida qolib ketgan.
U – farovon, obod, adolat shahri bo‘lgan. Xalq, xangzu timsolida bostirib kelayotgan jaholat qarshisida ne qilarini bilmay dovdirab qolgan mahal. Hali-hozir ular shaharga yopiriladilar. Hatto otlarining tuyoqlari ostidan ko‘tarilgan changu to‘zon ham ko‘rina boshladi.
O‘sha mahal biyobon ichidan ikki kishi chiqib keladi. Biri uzun bo‘yli, sochlari yelkasigacha o‘sgan, yalangoyoq, ikkinchisi esa nuroniy bir chol edi. Yalangoyoq odam shaharning kunchiqish tomonidan keladi, tepalik ustiga chiqib hech narsa qilmasdan o‘tiradi. Chol kunbotish tomonidan |
ma'muriyatiga murojaat qiling