Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

 

TIMSOLLAR CHARXPALAGI 

 

Professor Ziyo kompyuterni o‘chirib, uzoq o‘yga toldi. 



 

Yuragi unga o‘g‘lining haq ekanini, butun olam ilgarilab borayotgan turli-tuman yo‘llar orasida 

o‘g‘lining tutgan yo‘li aniqroq va haqiqatga yaqinroq ekanini sezdirib turardi. 

 

Kimlardir «inson bolasiga butun yer yuzi vatan qilib berilgan, istagan joyida yashasin, istagan 



joyiga borsin», deb ayyuhannos solayotgan bo‘lsa, o‘g‘il, inson bolasi vatansiz ahamiyat kasb 

etolmasligini bildirmoqda edi. 

 

Boshqa kimlardir: «qaerda yashash qulay bo‘lsa o‘sha yerga borib yashash kerak», deb da’vo qilsa, 



o‘g‘il, tushunchalarning va ruhning o‘sha yer odamlari ichiga singib yo‘q bo‘lib ketishi xavfini ham 

anglagan edi. 

 

Biroq, ne ajabki, muqaddas tushunchalar ham turli-tuman bo‘laklarga bo‘lib tashlangan edi! Butun 



olam muvozanat ichida bo‘lgandagina hamma narsa qadr-qimmat kasb etar, muvozanat buzilganida 

qadr-qimmatlar ham o‘zgarib ketmoqdaydi.  

 

Darhaqiqat, odam bolasi dunyoga kelib o‘sib-unadi, yeydi-ichadi, ayyuhannos soladi, kibru 



havoga, g‘ururga ketadi, lekin bir kuni qarabsizki, butun dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilaman degan odam 

hayot sahnasidan sekingina, mute’gina bo‘lib chetga chiqadi, supuriladi. Bir kuni qarasangiz, to‘plagan 

butun sarvatlariyu mulklari uning vujudida o‘sa boshlagan bittagina begona hujayra qarshisida ojiz

o‘zi ham o‘sha xastalik changalida mo‘ltirab yotgan bo‘ladi. Tuzalishga hech qanday umid yo‘q, 

dunyoning to‘rt burchida millionlab sog‘lom kishilar hayot zavqini surayotgan bir mahalda bu odam 

qo‘rquv va dahshat ichra joni halak: mabodo... umr tugagan bo‘lsa-ya? 




Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling