Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

24

 



To esimni tanib, qutlug‘ narsalarning nima ekaniga aqlim yetguniga qadar men uchun imonning, 

vijdonning, insofu adolatning, kuchu qudratning timsoli hamda qo‘rg‘oni bo‘ldingiz. Har so‘zingizni, 

irodangizni va hukmingizni mutlaq adolat deb bildim. 

 

Esimni tanigach esa, zotingiz haqida Alloh Taoloning buyrug‘idan xabar topdim. Bolaligimdan 



beri eshitadiganim «otangga tik boqma, so‘ziga so‘z qaytarma, qarshisida qo‘lingni qovushtirib

boshingni eg», degan oddiy haqiqatlarning mohiyatini shundagina tushunib yetdim. Qo‘limdan 

kelganicha xorlik qanotini past tutdim, aytilganlarning barini ado etishga urindim.  

...Naylayinki, sizga bir bechora o‘g‘il bo‘lsam, Tangrimning bir bechora quliman. Bahorda tevarak 

jo‘shib, gulu gulzorlar barq urib, o‘t-o‘lan jonlanganida... bir hukmi ilohiy ila tuproq qa’ridagi 

ma’danlar birdaniga harakatga kelsayu birlashib o‘t-o‘lanlaru daraxtlar ildizidan yuqoriga ko‘tarilsa, 

turli-tuman birikmalar hosil qilib, qon tomirlariga monand tomirlarida oqsa, to‘planib suvu sharbat 

bo‘lsa, hammasining tagzaminidagi qudratni sezib-ilg‘ab tursam... osmondagi sokin-og‘ir bulutlar 

birdaniga tuzilishlarini o‘zgartirsalar... turli shamollar ularni turli tomonlarga olib sursalar... 

ummonlarni samolarda kezdirib qo‘ygan bu qudratni ko‘rganimda har safar vahimaga tushaman.  

 

Kengligiga aql bovar qilmas ulkan kurrai zaminni muallaq suzdirib qo‘ysayu qaynoq suvlarda, 



daraxt tanasining g‘ovaklarida va hatto toshlarning ichida ham o‘zining qudratiga dalolat bo‘lsin va 

inson bolasi ko‘rsin uchun jonzotlarni yaratgan bo‘lsa, tevarakdagi hamma narsa bir irodadan 

jamlanganiga dalolat qilsa va faqat O‘zininggina bir ekanini namoyon qilib, eng kichik zarrani ham 

bo‘laklarga bo‘lib tashlagan bo‘lsa... aqlim bu haybat va qudrat qarshisida qo‘rquvdan zir-zir titrasa... 

yeru ko‘klarni bir qilib o‘rab, suvlardan quruqliklarni chiqargan, suvlardayu quruqliklarda sanog‘ini 

yolg‘iz o‘zigina biladigan tur va sondagi millionlab maxluqlarni millionlab ko‘rinishda yaratib qo‘ygan 

va bularning barini odam bolasiga vatan kilib bergan bo‘lsa... shularni anglasamu o‘zimning 

haqirligimdan xabardor bo‘lsam... qanday qo‘rqmasdan tura olay? 

 

Shu holimcha, barcha a’zolarimni menga bildirmay tarbiyat qilib kamolga yetkazsa, vujudimga bir 



xastalik ilashsa, o‘zim sezmaganim holda vujudimga joylangan himoyachilarim u balolardan asrasa, 

boz ustiga, ular tufayli men chekkan aziyat va sabr uchun mukofotu ajr bersa, osmonlaru yerdan 

rizqimni komil qilib yuborgani holda.... yana bir narsaga shukrlar qilamanki, menday ojiz bir bandasini 

Yer yuzining istalgan joyida va yer yuzi bino bo‘lganidan to qiyomatga qadar istagan vaqtida dunyoga 

keltira olardiyu ammo, avvalambor, vahshiy qabilalar orasida emas, dinsizu insofsizlar orasida emas

mo‘minlar mamlakati bo‘lmish shu yurtda, shu tuproqlarda binoga kelishimni ixtiyor qildi, abadiy 

muzliklar yoki sahroyu cho‘llarni emas, jannatmonand mana shu yurtni Vatan qilib berib, shu yurtda 

dunyoga kelishimni istadiki, bu ham hikmatsiz emasligiga ishonchim komil. 

 

Hikmatlarining yana biri shundaki, Parvardigori Olam ba’zi insonlarini boshqalarga mukofot qilib 



yaratgan. Ba’zilarning dunyoga kelishlari, hayotlari boshqalar uchun o‘nlab-yuzlab xayrlar keltiradi. 

Sizday kishini menga ota qilib tanlagani ham Tangrimning menga bir mukofoti, marhamatidir. Butun 

olamga dong‘i ketgan, insoniyat tarixining zulmatlarida nur taratib turgan ulug‘ mutafakkirlar hayotga 

kelib yashab o‘tgan tuproqda olam yuzini ko‘rishimni iroda etganida yana bir hikmat, yana bir ramz 

ko‘raman. 

 

Ne mukofotki, haqirligimga qaramay, meni O‘zi sevgan, amallaridan O‘zi rozi bo‘ladigan xalq 



orasida bunyod etdi. Balki men Unga shu tilda maqbul so‘z ayta olishim uchun mana shu millatdan 

qilib, shu tuproqda yaratgandir? 

 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling