Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

21

– Pharaoh, course is forty five, altitude is thousand miles. («Fir’avn», kurs qirq besh, balandlik 



ming mil). 

– Ok. Continue the fly. («Yaxshi. Uchishda davom eting»).  

 

Yer yuzidan bir necha yuz kilometr balandlikda, yaqin fazo kengliklarida jim aylanayotgan o‘nlab 



sun’iy yo‘ldoshlarning kuzatish qurilmalari ham Yerdan olingan buyruq asosida o‘z «ko‘z»larini Gobi 

tomonga tikkan, ilm-fanning turli yangiliklarini mujassam etgan murakkab texnika hozir sahro uzra 

uchib borayotgan harbiy uchoqlarning yo‘nalishini qayd etib, ma’lumotlarni Yerdagi uchishni 

boshqarish markaziga paydar-pay bildirib bormoqda edi. 

 

Oradan ikki soat o‘tganiga qaramay, kutilgan natijaga hali hech kim erisholmadi. 



Yaqinlashayotgan ofat haqidagi xabar uchoqlarning pilotlariga o‘z vaqtida yetkazilgan bo‘lsa-da, bular 

turli og‘ir sharotlarda jang qilishga mo‘ljallangan harbiy mashinalar bo‘lgani bois, bo‘ron hech kimni 

tashvishlantirmayotgan edi.  

 

– Mahes, I am Pharaoh. If target detection inform as soon as possible. Turn on tracking system. 



(«Maxes», men  «Fir’avn». Nishonni ko‘rgan zahotingiz xabar bering. Ta’qib tizimini yoqing). 

– Yes, sir. (Xo‘p bo‘ladi, ser). 

– Report the air speed. (Uchoq tezligini bildiring). 

– Air speed is two hundred twenty miles. (Uchoq tezligi soatiga ikki yuz yigirma mil). 

– Ok. (Yaxshi). 

– Mahes, the sand storm is approach to you. Angle is sixty six degrees, storm speed is thirty eight 

miles.  («Maxes», sizga qum bo‘roni yaqinlashmoqda, oltmish olti daraja, bo‘ron tezligi o‘ttiz sakkiz 

mil). 

– I see. (Tushundim...) 

 

Gobi bo‘ylab junbishga kelayotgan bo‘ronning ilk uchini birinchi bo‘lib «Vahshiy»ning 



uchuvchilari payqadilar. G‘ayritabiiy sarg‘ish-qizg‘imtir bulut yerdan ko‘kka va chapdan o‘ngga, ko‘z 

yetadigan yerga dovur enlagan va bu qum betinim chirpirak bo‘lib aylangancha tobora yuksalib 

bormoqda edi.  

 

– Pharaoh, we see the approaching of sand storm. («Fir’avn», biz qum bo‘roni yaqinlashayotganini 



ko‘ryapmiz). 

– Mahes, please continue the performance of tactical task. And report the information about the 

storm. («Maxes», jangovar vazifani bajarishda davom eting. Bo‘ron vaziyati haqida bildirib turing). 

– Yes, sir... (Xo‘p bo‘ladi, ser...) 

 

 

* * * 



«Fir’avn» – aslida, qudratli bir mamlakat harbiy razvedkasi boshlig‘ining maxfiy ismi bo‘lib, hozir 

u sun’iy yo‘ldosh aloqa markazining zirhli yerto‘lasida o‘tirar, uning qatorida yana o‘n ikki kishi turli 

manbalardan kelayotgan ma’lumotlarni taqqoslash bilan band edilar. 

Gobidagi Inson takomili markazi tadqiqotlari ko‘p yillardan beri shu harbiy qismning nazoratida va 

homiyligida edi. Ilm-fanning asosiy maqsadlaridan farqli o‘laroq, genetika markaziga harbiy 

xususiyatga ega, turli ta’sirlarga chidamli sun’iy urchitilgan odamlarni ommaviy ravishda 

ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab chiqish vazifasi ham qo‘yilgan bo‘lib, oltinchi avlod 

jangovar uchoqlarida ana shunday jonzotlardan foydalanish rejalashtirilmoqda edi. Nurlanishga 

chidamli, bosim o‘zgarishlariga va havo yetishmovchiligiga parvo qilmaydigan, o‘z-o‘zini favqulodda 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling