Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Hammayoqda yovvoyi o‘tlar o‘sib yotardi, ajabo, bular ham mangu o‘tlarmikin, degan xayolga bordim va birining yaprog‘ini yulqab oldim, sal o‘tmay yaproq so‘ligach, nimagadir yengil tortib, yana olg‘a ilgariladim.
Shahar oxiriga yaqinlashgunimga qadar yarim soatcha vaqt o‘tdi. Nimadir sodir bo‘lishini aqlim sezib-payqab turardi. Bir yerda yarim aylana shaklida yerga botgan ko‘hna ark ko‘rdim, engashib qarasam, qop-qora suv yaltirab oqmoqda edi, suv labida bahaybat toshbaqa ham bor edi, uning ko‘zi ko‘r bo‘lib, uzoridagi naqshlari muqaddas yozuvlarni eslatardi...
Shahar tugaganida esa, katta yalanglikda bir to‘da odamlar ko‘rindi! Bular qarovsiz alfozda, jim o‘tirar edilar. Ba’zilari yerga allaqanday shakllar chizardilar, shakllarning ma’nosi yo‘q edi. Bolalar, qariyalar bor edi ularning orasida. Kiyimlari titilib-eskirib ketgan, tirnoqlari, sochlari o‘sgan edi. Ba’zilari yerdan potrab bo‘y cho‘zgan bargi kichkina o‘simliklarni erinib chaynardilar. Nazarimda, ularni ham shaharni qoplagan kabi chang qoplagan, so‘niq va rangsiz edilar.
«Kimlar bular?» – degan o‘y xayolimga urildi daf’atan. Mangulik shahrida bunday aftoda kishilarning uchrashi aqlimga sig‘mayotgan edi. Oyog‘i ostida o‘tirgan bolachaga onasi qaramasdi, ajabki, bola ham so‘nik, jim o‘tirardi.
Yaqinlashganimda ularning ba’zilari boshlarini burib qaradilar... boqishlarida hech nima aks etmadi... nigohlarida hech bir ifoda yo‘q... bo‘m-bo‘sh edi. «Barhayotlarmi bular?!»
Ha, bular – butun insoniyat yaralganidan beri orzu qilgani mas’udlikka erishgan barhayotlar edilar! To‘p-to‘p bo‘lib, hech narsa qilmasdan, sovuqlaru jaziramalarda, yomg‘iru qorlarda mas’udlik onini – o‘lim saodatini shu tariqa jim... qo‘rqituvchi itoatkorlik bilan... xomush... kutmoqda edilar.
Sal o‘tmay sezganim – ular quyoshni kuzatar edilar. Quyosh botganida, oyga qarab o‘tirardilar. Oyoq ostlarida hayot jonlanmoqda va xarob bo‘lmoqda, tevarak tug‘ilib-o‘lmoqda... lekin bu kishilar zeriktiruvchi boqiylikka duchor bo‘lgan edilar.
Yuragimni dahshat bosib keldi, bu dahshat hayotiy emas, sovuq va xo‘mraygan, sassiz edi. Mangulikning sovuq dahshatimi bu? Balki umriboqiylar menga – hayot odamiga iltijo bilan boqqandirlaru ko‘zlari hech narsani ifoda etmay qo‘yganini bilmaslar? Mangulik ichra gapirishni, fikrlarini va hissiyotlarini ifoda etishni unutgandirlar? Balki mangulik qarshisida fikrlarning ham, hissiyotlarning ham ahamiyati qolmagandir? Shaharning so‘niq ko‘chalaridan ortga qarab chopganim esimda... qopqadan otilib chiqqanim ham esimda... hayot ufurib turgan qumlar ko‘zimga juda aziz ko‘ringani, ich-ichimdan toshib kelgan quvonch va shukronalik bilan tiz cho‘kkanim esimda... o‘sha paytda haroratli va qadrdon bo‘lgan «quyosh allaqachon botib bo‘lgan, shafaqlari ham ko‘zdan
Xotiralarning asosiy qismini sayyoh bundan yetti yuz yil muqaddam Luvrda yuz bergan voqea bilan yakunlaydi, u voqea ham aynan shu so‘zlar bilan boshlanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling