Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

41

ishonch baxsh etdi. Lekin, ufqda allaqanday tushunarsiz bulut paydo bo‘lgan, u nima sababdandir 



qizg‘imtir-sarg‘ish tusda bo‘lib, boz ustiga, shitob bilan yoyilib bormoqda edi. 

 

 



* * * 

Havoning turli ta’sirlari natijasida efirda paydo bo‘layotgan shitirlashlar va shovqin aro to‘satdan 

«Vahshiy» yana aloqaga chiqdi: 

 

– «Fir’avn», men «Maxes». Nishonni ko‘ryapman.  



– «Maxes», sizni tushundim. Nishon yo‘nalishini va tezligini bildiring.  

– «Fir’avn», u janubiy yo‘nalishda harakatlanmoqda, masofa besh mil.  

– «Maxes», maxsus tizimni yoqing.  

– Tushunarli.  

– «Maxes», nishonni kuzatyapsizmi?  

– Ha, kuzatuvda.  

Tushunarli, rakurs ikki taqsim to‘rt!  

– Sizni tushundim. Orqa tomondan yaqinlashmoqdamiz.  

– Yonilg‘i miqdori? 

– Uch tonna. 

– Tushunarli, yo‘nalish o‘ngga ikki yuz yigirma! Nishongacha masofani bildiring.  

– Masofa uch yarim mil. 

 

Nishon – baland bo‘yli, yosh va zabardast, yalangoyoq bir yigit bo‘lib, u boshini eggancha 



kunbotar tomonga ketib bormoqdaydi. Ketma-ket boshqa harbiy uchoqlar ham uni payqadilar, ular 

ham o‘z markazlaridan shunday buyruq olganlariga shubha yo‘q edi – barcha tizimlarini jangovar 

holatga keltirgancha tezliklarini oshirib, nishon ketib borayotgan joy sari yo‘naldilar. 

 

Bu orada «Vahshiy» bilan radioaloqa davom etmoqda edi: 



 

– «Maxes», men – «Fir’avn», nishonni ko‘ryapsizmi?  

– Ko‘ryapman, mo‘ljalda tutib turibmiz.  

– «Maxes», nishon yo‘nalishini bildiring. 

– Nishon o‘sha yo‘nalishda harakatlanmoqda, kunbotarga ketib bormoqda.  

– Ikki milgacha yaqinlashing.  

– Tushunarli.  

– «Maxes», men – «Fir’avn», o‘t ochishga hozirlik ko‘rilsin, tayyor turing.  

– Tushunarli. Forsajga ruxsat bering.  

– Forsaj faqat buyruq bilan!  

– ... «Maxes», nishonni «ushlab» turibsizmi?  

– «Nishonni tutgan holda» uchib boryapmiz.  

– «Maxes», yonilg‘i miqdorini bildiring. 

– Yonilg‘i – ikkiyu yetti. 

– Sizni tushundim... Nishon yo‘q qilinsin!  

– Takrorlang!  

– «Maxes», nishon yo‘q qilinsin!  

– «Fir’avn», unga yaqinroq borish kerak! Nishonni tutish tizimini o‘chirib, yaqinlashmoqdamiz.  

– Zambaraklardan ketma-ket o‘t oching!  

– Nishonni tutish tizimidan chiqdik, zambaraklardan ketma-ket o‘t ochamiz!  




Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling