Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
– Sarxush bo‘lib qolibsiz, Gvido, – deb kulimsiradi yosh bir boyon, u tilla zanjir taqib olgan, yonidagi sohibjamol esa tilladan ham tovlanuvchanroq va bashangroq edi. – Lekin ajoyib so‘zlar, buning uchun yana bitta qadah ko‘tarsak arziydi!
Bonatti, qalbidagi bezovtalikni may bilan bosish o‘rniga, anavi noma’lum aktyorning ortidan tezroq borib-to‘xtatib, bu so‘zlarni qaydan olganini so‘ragisi keldi, biroq nimagadir fikridan qaytdi, birdaniga unga pesa ham, aktyor ham bema’ni bo‘lib tuyuldi, shasht bilan surohiyni oldi-da:
– Ha, jin ursin, hardamxayol bo‘lib qolyapman shekilli, – dedi g‘o‘ldirab. – Quyaqoling, azizim Rotshild! – Men Rotshildlardan emasman, – deb e’tiroz bildirdi boyon, shunda Bonatti uning hecham frantsuz yahudiylaridan emasligini, balki norveg yoxud shved ekanini ko‘rdi, yonidagi sohibjamol ham allaqayga g‘oyib bo‘lgan, o‘rnida baqaloq bir odam o‘tirardi.
Gvido surohiyni bir ko‘tarishda bo‘shatdi. – Qoraxayol.... qoraxayol... – deb g‘o‘ldiradi u va yana bir marta «Jin ursin!» deb xitob qildi, biroq uning bu qichqirishi bo‘g‘zidan tushunarsiz g‘o‘ldirash bo‘lib chiqdi, oromkursining yog‘och taxtasiga bosh qo‘yganida parqu yostiqdan ham yumshoq tuyuldi, u tamomila mastlik uyqusiga cho‘mdi... mastlik uyqusi aro esa burjlarning g‘aroyib bir tarzda uchburchak hosil qilganini ko‘rdi, yetti yulduz bir yerda g‘uj bo‘lib olgan, sakkizinchi yulduzni yer edilar... «yulduz yulduzni ham yer ekanmi», deb hayron bo‘ldi u uyqu aro, hamda yetti yulduzning to‘planishi falokatdan, zilziladan yoxud bo‘ron
mastlik zulmatiga tamomila sho‘ng‘ib ketdi... sahnadagi nur tolasi... noma’lum odam... yaqinlashayotgan bo‘ron...
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling