Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

30

 



Gunohlaridan ham ko‘ra... ilmlarini deyish balki to‘g‘riroq bo‘lar? Chunki, barcha xalqlarda va 

barcha zamonlarda toshbaqaga donishmandlik ramzi o‘laroq ta’rif berib kelinmoqda-ku? Ilmlarini 

yelkasiga ortmoqlab yurgan, ammo u ilmlardan samar topmaydigan, g‘oyat uzoq umr ko‘radigan 

imillovchi bir jonzot... 

 

Sha’bonning boshlarida toshbaqaga nimadir bo‘ldi, u ovqat yemay qo‘ydi. O‘tlarning turli-



tumanini oldiga solib ko‘rdilar, suvini almashtirdilar. Hatto hovuzga muqaddas buloq suvidan ham 

quydilar – toshbaqa qarab qo‘ymadi. G‘amgin nigohini bir nuqtaga tikkancha qimir etmay yotaverdi. 

 

Uning g‘amginligining, bunday qismat ila yaratilishining boisini ochiq-ravshan qilib izohlab 



beradigan bironta kimsa topilmadi. 

 

Nihoyat, bu hodisa ham dunyodagi barcha hodisalar singari yakun topdi – bir kun tongda 



mashvaratxonaga kirganlar tabiat qonunlariga zid o‘laroq paydo bo‘lgan toshbaqaning jon taslim 

qilganini ko‘rdilar. Odamlar uni ko‘mishga kelganida ikkilana-ikkilana, hurmat-ehtiromini joyiga 

keltirib, bir tepalik ustiga ko‘mib, ustiga tug‘ qadab qo‘ydilar.  

 

Yillar o‘tib, toshbaqa haqiqatini biladigan avlod dunyodan o‘tib ketdi. Keyingi avlod esa faqatgina 



rivoyatlardan eshitib katta bo‘ldi. Toshbaqa ko‘milgan yerdan bir daraxt o‘sib chiqdi, gujumga 

o‘xshagani bilan uning barglaridan suv tomchilab turardi, lekin bu suv achchiq hamda taxir bo‘lgani 

bois lab ho‘llashga ham yaramadi.  

 

Suvsiz, qurg‘oqchil bir yerdan daraxt o‘sib chiqqani bejiz emas, shu bois kishilar u yerga borib 



hojatlarini so‘ray boshladilar, gujum shoxlariga turli lattalarni bog‘ladilar. Ishonuvchan kimdir esa 

toshlarni qalashtirib bir daxma qurdi, o‘zi esa u yerning shayxi bo‘lib oldi. Keyingi yillarda u yer Bobo 

Toshbaqa maqbarasi deb ataladigan bo‘ldi, toshbaqaparastlar ko‘paydi. 

 

Avomning, ayniqsa harbu zarblarda umrini o‘tkazgan ko‘chmanchi kishilarning e’tiqodlarini 



tushunish qiyin emas – ularning bu e’tiqodining zamirida ham Allohga o‘ziga xos muhabbat 

yashirindir. Tegradagi mo‘‘jizalar kishining aqlu shuuriga xitob qila boshlashi uchun muayyan bir 

bilim hamda daraja lozim. Avom kundalik hodisalarni tug‘ilganidan buyon ko‘ra-ko‘ra ko‘nikib 

ketgani uchun ham, g‘ayriodatiy holatgina uning ongiga qattiq ta’sir qiladi. Tegradagi har bir narsa 

«mana-man»deb qichqirib tursa-da, kishilar bu nidolarni eshitmaydilar, ammo qalblari g‘ayriodatiy 

narsadan darhol qo‘rquvga tushadi. G‘ayriodatiy holat bir narsaning darakchisi ekanini sezadi 

kishining qalbi.  

 

Odamlar u yerga kelib, chiroq yoqadigan va hojatlarini so‘raydigan bo‘ldilar. 



 

...Bobo Toshbaqa maqbarasi Marv yaqinida degan taxminlar bor. Aynan shu atrofda Somon 

shahrining qoldiqlarining topilishi ham buni isbotlamoqda edi. Somon shahri esa arablar Shahri Haybar 

deb nom bergan, odam bolasining ko‘zidan yashiringan saodat shahri yonida ekani tarixdan ma’lum. 

 

 


Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling