Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

 



Daf’atan... hamma narsa daf’atan ro‘y beradi. Daf’atan kulfat eshik qoqadi, daf’atan zilzila ro‘y 

beradi, daf’atan musibat mo‘ralaydi.... daf’atan jon chiqadi...  

 

Lekin o‘g‘il unga, mangulikning ham bo‘laklab tashlanganini bildirmayaptimi! 



 

Qadimda Oliy haqiqatga qo‘l ko‘targan va qiyomatgacha yer yuzida besamar daydishga mahkum 

etilgan barhayot chol haqidagi afsonani esladi u. 

Yo‘q, umrboqiy chol bor-yo‘g‘i bir timsol, xolos. Timsolga aylanganidan keyin uning hayotda 

yashab-yashamayotganining ham ahamiyati qolmagan. Ko‘rgan kunidan mamnun, ammo darbadar 

bo‘lib yurgan qancha kishilar bor dunyoda? G‘oyalar va fikrlar orasida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa 

surilib yashayotganlar... o‘z qo‘nimini topolmasdan, bor hayoti hissiy va fikriy darbadarlikda 

o‘tayotganlar... sevgiyu ishq deb darbadar bo‘lganlar... iste’dodini yo‘lga sololmaganlar... va hatto 

ma’lum bir maqsadni o‘z oldiga qo‘yib, qat’iyatu sabot bilan olg‘a intilayotgan va shu holida ham 

darbadarlikka mahkumlar... yoshlar.... qariyalar... ayollar.... darbadarlik darslari miyalariga 

quyilayotgan beozoru beg‘ubor bolakaylar, jamalaksoch qizchalar... jannat ilinjida darbadarlikni kasb 

qilib olgan zohidlar... tarix bo‘ylab sochilib ketgan xalqlaru elatlar...  

 

Muborak kishiga qo‘l ko‘targan osiy ne sabab aynan darbadarlikka mahkum bo‘ldi? Ne sababdan 



qo‘li shol, ko‘zi ko‘r, tili soqov bo‘lmadi? Ne sababdan unga aynan darbadarlik qismati ravo ko‘rildi? 

 

...Dunyoda ikki umriboqiy banda Tangri xohlagancha vaqt kezmoqda. Biri – Xizr alayhissalom 



bo‘lsa, ikkinchisi – o‘sha umrzoq osiy. Zohiran ikkisi ham darbadar. Faqat biri Tangri taolo iroda etgan 

botiniy yumushlarni bajarmoqda... ikkinchisi besamar daydir ekan, bu besamarlikdan murod ne? 

Osiyligi tufayli olgan jazosi boisgina Tangriga va payg‘ambariga imon keltirgan ikkinchi 

umriboqiyning hikmati, boz ustiga, uning odamzot naslidan ekani – yanada haybatliroq hikmat 

emasmi? 

 

Kim bilsin... shu mahal balki dunyoning qaeridadir o‘sha bechora chol hanuz besamar 



daydimoqda... va umrlari boqiy bo‘lmagan, ammo Abu Lahabdan ming bora og‘irroq gunohlarni sodir 

etayotgan boshqa kishilarni ko‘rib, o‘z jazosining bu olamda berilganiga hamdu sanolar o‘qiyotgan 

bo‘lsa ne ajab? 

 

Insoniyat tarixi – darbadarlik tarixi hamdir. Borar yerlarini yo‘qotib, to avlodlar almashguniga 



qadar sahrodan chiqa olmay kezgan bir qavmdan to qiyomatga qadar dunyo kezib qiladigan ishi «Hech 

narsa, hech narsa va faqat hech narsa» bo‘lgan daydi chol hamda u bilan to‘qnash kelishi bashorat 

berilgan Dajjol... bularning bari timsollarga aylanib, xalqlar va millatlarning ongiga xitob qilmoqda 

edi. 


 

Biroq, mahshargacha hali ancha vaqt bor. Hozircha esa...  

 

...guruh-guruh kishilar hanuz qo‘llarida qurol bilan to‘qnash kelmoqdalar, har ikki tomon ham 

vatan uchun, din uchun, imon uchun deya qon to‘kmoqda. 

 

...hanuzgacha ba’zi insonlar atrofdagi hamma narsaning tengi yo‘q mo‘‘jiza ekanini fikrlab 

ko‘rmasdan... daryoda oqib kelgan bir toshdagi, bir qo‘yning yungidagi, bir tovuqning tuxumidagi 

tasodifiy naqshlar muqaddas yozuvlarni eslatgani boisgina guruh-guruh bo‘lib imonga kirmoqda va 

aynan shu tarzda, guruh-guruh chiqib ketmoqdalar... 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling